16:41 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
232 0 0

Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi xorijiy jamoalarni ichki sport musobaqaciga taklif qildi. Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Tojikiston va Qirgʻiziston futbol klublari Oʻzbekiston Liga Kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun taklif etildi. Championat.Asia xabariga asosan.

Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.

Oʻzbekiston PFL bosh direktori oʻrinbosari Diyor Imomxoʻjayev soʻzlariga koʻra, musobaqaga tojik va qirgʻiz klublarining qoʻshilishi har taraflama foydali boʻlishi mumkin. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro oʻyinlarga sekinlik bilan koʻnikma hosil qilib boradi.

Qoʻshni respublika jamoalarining qoʻshilishi muxlislar sogʻingan derbilarni qaytarishi mumkin.
Shuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanishi mumkin.

Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Afgʻoniston jamoalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular