00:29 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
811 0 0

Hozirda yirik korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan koʻplab futbol klublarini kelajakda xususiy tadbirkorlarga berish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Toshkent mexanika zavodi “Lokomotiv” futbol klubidagi oʻz ulushini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiradi. Bu haqda kompaniya Yagona korporativ maʼlumot portalida eʼlon qildi.

Dekabr oyi boshida respublika rahbari Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichiga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi. Hujjat bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladigan futbol klublari, hokimliklar va xoʻjalik subʼyektlarining klublardagi ulushlarining roʻyxati tasdiqlangan.

Ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladigan futbol klublari va taʼsischilari roʻyxati
Ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkaziladigan futbol klublari va taʼsischilari roʻyxati

Hozirda futbol klublarining asosiy aktsionerlari davlat kompaniyalari hisoblanadi.

Masalan, Toshkent mexanika zavodi “Lokomotiv” FKning 58,2% , “Oʻzbekiston temir yoʻllari” 20,9%, "Oʻztemiryoʻlovchi" 20,9% ulushiga egalik qilishadi.

“Dinamo” FK 100% Samarqand viloyati hokimiyatiga, "Oʻzmetkombinat" esa “Metallurg” klubining 100% aktsiyalariga egalik qiladi.

“Buxoro” FKning 80% Buxoro neftni qayta ishlash zavodiga, 20% Buxoro viloyati hokimiyatiga tegishli, ammo “Paxtakor” FKning atigi 20% Toshkent shahar hokimiyatiga tegishli. Qolgan 80% SFI Management Group tomonidan boshqariladi.

“Bunyodkor” bir vaqtning oʻzida beshta aktsionerga ega, ammo asosiylari “Oʻztransgaz” (61,8%) va “Neftegazmontaj” (30,2%).

Klublarning ushbu va boshqa aktsiyalari keyinchalik xususiy tadbirkorlarga sotish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi.

Ushbu chora Oʻzbekistonda futbol rivojiga foyda keltirishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular