20:06 22 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Sport
Havola olish
397 0 0

Oʻzbekiston prezidentining maxsus qarori bilan Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maxsus qarori bilan Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligidagi navbatdan tashqari yigʻilishda maʼlum qilindi.

Yigʻilishga raislik qilgan Oʻzbekiston prezidentining maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov soʻnggi yillarda mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidladi.

Shu bilan birga mazkur soha taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqish, ayniqsa aholining salomatligini mustahkamlashda ommaviy sport targʻibotini yana-da kuchaytirish zarurligiga urgʻu qaratildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida vazirlik rahbariyatida tashkiliy oʻzgarishlar yuz berganligi maʼlum qilindi.

Prezidentning maxsus qarori bilan Ermatov Ravshan Sayfiddinovich jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari, Shukurov Elbek Habibullayevich esa jismoniy tarbiya va sport vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Qayd etish joizki, Ravshan Ermatov bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib boradi.

Ravshan Ermatov mamlakat futboli rivoji yoʻlidagi ulkan xizmatlari hukumat tomonidan munosib eʼtirof etilgan. U 2010 yilda “Oʻʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni, 2014 yilda “El-yurt hurmati” ordeni, 2015 yilda esa “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan taqdirlangan.

Asosiy mavzular