23:15 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Sport
Havola olish
1028 0 0

Meliqoʻziyev raqibini 2 marotaba nokdaun holatiga tushirganidan soʻng hakam nokaut holatini qayd etib jangni toʻxtatishga majbur boʻldi.

TOSHKENT, 15 fev – Sputnik. Bektemir Meliqoʻziyev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Professional boksning oʻrta vazn toifasida (76 kg) professional ringga chiqqan Bektemir Meliqoʻziyev meksikalik Oskar Kortesni nokautga uchratdi.

10 raundga moʻljallangan jang birinchi raundda oʻzbekistonlik bokschining gʻalabais bilan yakuniga yetdi. Bu Bektemir Meliqoʻziyevning professional ringdagi 5 gʻalabasi va 4 nokauti boʻldi.

​Jang boshlanganidan qoʻng Meliqoʻziyev raqibini 2 marotaba nokdaun holatiga tushirdi. Raund yakunida chap qoʻlda qorin qismiga bergan zarbasidan soʻng hakam nokaut holatini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, aslida ushbu jangni Bektemir Meliqoʻziyev Marko Antonio Peribanga qarshi oʻtkazishi kerak edi, lekin bir kun qolganida u shifoxonaga tushib qoldi va Bektemirga qarshi boshqa raqib ringga chiqdi.

Asosiy mavzular