00:51 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
280 0 0

17-22 mart kunlari Malayziyada velosportning shosse yoʻnalishida Osiyo chempionati oʻtkazilishi belgilangan edi. Mazkur musobaqa koronavirus avj olishi tufayli sabab bekor qilindi.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. 17-22 mart kunlari Malayziyada oʻtkazilishi belgilangan velosportning shosse yoʻnalishida Osiyo chempionati koronavirus tufayli bekor qilindi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, qaror Osiyo velosport konfederatsiyasi yigʻilishida qabul qilingan.

Xalqaro tashkilot mutasaddilari bunday vaziyatda sportchilarning sogʻligʻi har qanday holatda ham birinchi oʻringa olib chiqilishini taʼkidlashmoqda. Osiyo chempionatining qachon va qayerga qoldirilishi borasida yakuniy qaror yaqin kunlar ichida eʼlon qilinadi.

Taʼkidlash joizki, velosport boʻyicha Oʻzbekston asosiy terma jamoasi ayni paytda Turkiyada ushbu musobaqaga tayyorgarlik olib borayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq koronavirus sabab boks boʻyicha Xitoyda oʻtadigan Tokio-2020 litsenzion turniri bekor qilingan edi.

Asosiy mavzular