01:34 02 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
172 0 0

Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov Oʻzbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi saylandi. U Rustam Inoyatov oʻrnini egalladi.

TOSHKENT, 7 mar — Sputnik. Alisher Mirsoatov Oʻzbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Ushbu qaror  qoʻmitadagi  Oʻzbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasida qabul qilindi.

Taʼkidlanishicha,  unda federatsiyaning yangi rahbarligiga Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov nomzodi ilgari surilgan va nomzod  bir ovozdan maʼqullangan.

“Yangi rahbaringizdagi ulkan tajriba bilan yuksak natijalarga erishishingizga ishonaman. Shu bilan birgalikda federatsiyani uzoq yillar davomida boshqarib kelgan Rustam Inoyatovga ham alohida minnatdorchilik izhor etaman. Aynan shu kishining boshqaruvida tennis federatsiyasida ish darhaqiqat professional tarzda yoʻlga qoʻyildi. Shu munosabat bilan ijozatingiz bilan Rustam Rasulevichni federatsiyaning faxriy prezidenti etib saylash taklifini kiritaman”, – dedi MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov.

Oʻz navbatida konferentsiya ishtirokchilari ushbu taklifni bir ovozdan maʼqullashdi va Rustam Inoyatov Oʻzbekiston tennis federatsiyasining faxriy prezidenti etib saylandi.

Asosiy mavzular