18:33 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
495 0 0

Dana Uayt Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi bekor qilinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga mem bilan javob berdi.

TOSHKENT, 12 mar – Sputnik. UFC rahbari Dana Uayt koronavirus tarqalishi tufayli aprel oyida Habib Nurmagomedov va Toni Fergyuson jangi bekor qilinishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga mem bilan munosabat bildirdi.

Uayt Instagram’da joylashtirilgan memda kishi jang bekor qilinishi mumkinligi tufayli xavotir olayotgani aks etgan.

Bundan avval Dana Uayt koronavirus epidemiyasi aprelda oʻtkazish rejalashtirilgan UFC-249 musobaqasiga tahdid solmaydi, deb aytgandi.

Nurmagomedov va Fergyuson jangi Nyu-Yorkda 18 aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Nurmagomedov 28 ta jang oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan. Fergyuson esa 25 jangda gʻalaba qozonib, uch marta magʻlubiyat alamini tortgan.

Asosiy mavzular