06:51 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
51410

Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempioni, Tokio olimpiadasi yoʻllanmasi sohibi Olga Zabelinskaya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Olga Zabelinskaya Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi murakkab sharoitda oʻzbekistonlik sportchilar, ayniqsa Olimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoasi aʼzolari hukumat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanishda davom etmoqda.

Karantin davrida sport musobaqalari va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa-da, sportchilar uy sharoitida mashgʻulotlarni davom ettirishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo qilib berilayomoqda.

Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi, Osiyo chempioni, Tokio olimpiadasi yoʻllanmasi sohibi Olga Zabelinskaya bunday qoʻllab-quvvatlash uchun barcha olimpiyachi sportchilar, jumladan velosport terma jamoasi aʼzolari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, bunday eʼtibor va gʻamxoʻrliklarga oʻz gʻalabalari bilan javob qaytarishlarini bildirdi.

Asosiy mavzular