02:12 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
272 0 0

Asosiy jamoaning 5 nafar futbolchisining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqqan. Hozir ular davolanishmoqda.

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. “Paxtakor” futbol klubi oʻyinchilarida koronavirus aniqlangani boʻyicha maʼlumot berildi.

Klubning telegramdagi kanalida bildirilishicha, asosiy jamoaning 5 nafar futbolchisining koronavirusga topshirilgan test natijalari musbat chiqqan.

Taʼkidlanishicha, “Paxtakor” futbol klubida doimiy ravishda futbolchilar va klub xodimlari COVID-19 ga muntazam tarzda test topshirib kelishadi.

OKMK bilan oʻtkazilgan Superliga 9-tur bahsidan keyin baʼzi futbolchilar sogʻligʻida muammolar paydo boʻlgan. Shundan keyin mashgʻulotlar vaqtincha toʻxtatib turilgan.

Ayni paytda koronavirus aniqlangan 5 nafar futbolchi yakkalangan va davolanishmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor” futbol klubining bir necha oʻyinchisida koronavirus aniqlangani haqidagi xabar tarqalgan edi.

Asosiy mavzular