23:17 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Sport
Havola olish
266 0 0

Jasur Jaloliddinov bilan imzolangan shartnoma  5 yilga moʻljallangan boʻlib, u jamoada 23 raqami ostida toʻp suradi.

TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. Rossiyaning yetakchi futbol klublaridan biri boʻlgan “Lokomotiv” jamoasi oʻzbekistonlik 18 yoshli istiqbolli futbolchi Jasur Jaloliddinov bilan shartnoma imzoladi.

Shartnoma  5 yilga moʻljallangan boʻlib Jasur jamoada 23 raqami ostida toʻp suradi.

Albatta men Lokomotiv haqida ancha narsa bilaman. Tranfergacha jamoa tarixini oʻrgandim, chempionlik haqidagi filmni tomosha qildim, jamoada qaysi futbolchilar toʻp surishini bilaman, - deydi Jasur. Aleksey Miranchuk bilan tanishmoqchiman, bizning uslubimiz oʻxshash, uham chap oyoqda oʻynaydi. Hozir biroz hayajonlanayapman, lekin oʻyin boshlanganda hayajon yoʻqoladi.

Jasur Jaloliddinov 2020 yilning 15 mayida tugʻilgan. “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, asosiy jamoaga 16 yoshida kiritilgan edi va Oʻzbekiston chempionatida eng yosh futbolchi boʻlgan edi. “Bunyodkor” jamoasi uchun 32 ta match oʻtkazib 3ta gol urgan va uchta natijali uzatma bergan.

Jamoada markaziy va hujumchi yarim himoyachi oʻrinlarida toʻp surgan. Shuningdek oʻng va chap vinger va markaziy hujumchi oʻrinlaridan ham oʻynagan. Jasur 2020 yilning 23 fevralida Oʻzbekiston terma jamoasi safida Belorusga qarshi oʻyinda ilk bor maydonga tushgan edi.

2019 yilda Britaniyaning Guardian nashri Jaloddinovni 2020 yilda tugʻilgan dunyoning “60ta yosh talantlari roʻyxatiga kiritgan edi”.

Maʼlumot uchun, Jaloliddinov Rossiyada toʻp surayotgan uchinchi oʻzbek legioneri boʻladi. Shu kunga qadar Eldor Shomurodov "Rostov"  jamoasida va Oston urunov "Ufa" jamoasida toʻp surib kelayotgan edi.  

Asosiy mavzular