19:33 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
342 0 0

"Barcelona" hujumchisi Lionel Messi jamoa rahbariyatiga ushbu yozgi transfer oynasida jamoani tark etish istagini rasman maʼlum qildi.

Futbol boʻyicha mutaxassis Andrey Malosolov Sputnik radiosi efirida bu qarorga izoh berdi.

ESPN Futbol Club Argentina nashri ijtimoiy tarmoqlarda "Barselona" yetakchisi Lionel Messi jamoa rahbariyatiga Kataloniya klubini tark etishini soʻragan faksini joylashtirdi.

Uning "Barselona" bilan shartnomasi yana bir yil amal qiladi, ammo argentinalik hujumchi shartnomani bekor qilishga imkon beradigan bandidan foydalanmoqchi.

"Men Lionel Andres Messi Kuchchittini, shartnomaning menga bu huquqni beradigan 24-chi bandiga asosan, hurmatli klub bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida arizamni yubormoqdaman", - deyiladi maktubda.

Messi yaratilgan shart-sharoitlar uchun "Barselona"ga minnatdorchilik bildirdi va "qiyin qaror shaxsiy sabablar bilan bogʻliqligini" taʼkidladi.

"Barselona" Chempionlar ligasi chorak finalida "Bavariya"dan 2: 8 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng, OAVlarida Kataloniya klubining soʻnggi yillardagi ramzi boshqa klubda faoliyatini davom ettirishni rejalashtirayotgani haqida mish-mishlar paydo boʻla boshladi. "Barcelona" rahbariyati futbolchini tekinga qoʻyib yuborish niyati yoʻq. Taʼkidlanganishicha, klub Messi bilan 700 million yevro evaziga xayrlashadi.

Argentinalik yulduzga asosiy davogarlar orasida "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "PSJ" bor.

Futbol boʻyicha mutaxassis Andrey Malosolov Sputnik radiosi efirida Messining qarorini izohlab berdi.

"Bu qarorga, koʻrinishidan, "Barselona"ga yaqinda zarba bergan ancha kuchli inqiroz sabab boʻlgan. Ushbu inqirozning choʻqqisi, jamoa sakkizta gol oʻtkazib yuborgan dahshatli magʻlubiyat boʻldi. Ushbu fonda, bilamizki, trenerlar shtabida ham, jamoa kadrlar tarkibida ham oʻzgarishlar boʻldi. Bir qarashda Messining qarori hissiyotliga oʻxshaydi, u bu jamoada koʻp yillar davomida oʻynab kelgan. Ammo aftidan, u oʻzining asosiy raqibi yoʻlidan yurishga qaror qildi. Krishtianu Ronaldu ham mashhurligining eng yuqori choʻqqisida boʻlganida, shuningdek, turli jamoalarga oʻtgan, va hozir ham yangi klub izlamoqda", - dedi Andrey Malosolov.

Uning fikriga koʻra, Messining qarori mantiqan toʻgʻri.

"Messi bilan bogʻliq vaziyatda hammasi mantiqan toʻgʻri. Ehtimol, futbolda bir joyda qolib ketish juda qiyin sinov. Maʼlum bir oʻzgarishlar, oʻyinchilik faoliyatidagi oʻzgarishlar, soliq va daromadlar qaydnomasidagi oʻzgarishlar ham boʻlishi kerak. Uni fikrini oʻzgartirishga ishontira olishadimi-yoʻqmi, buni aytish qiyin. Oʻylaymanki, bu yerda asosiy omil bu ish haqi, shuningdek boshqa klublarning jiddiy taklifidir", - dedi futbol mutaxassisi.

Asosiy mavzular