13:52 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Sport
Havola olish
206 0 0

Futbol boʻyicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida Oston Oʻrunov “Spartak” tarkibida debyut golini urishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 17 sen — Sputnik. Futbol boʻyicha Rossiya Kubogi guruh bosqichining 1-turida “Spartak” “Rodina”ga qarshi bahs olib bordi.

Unda “qizil-oqlar” yirik 5:1 hisobida gʻalaba qozondi.

Oʻyinning 52-daqiqasida oʻzbekistonlik futbolchi Oston Oʻrunov raqibning bir nechta himoyachisini ortda qoldirdi va darvoza tomon aniq zarba yoʻlladi. Uning zarbasi darvozabonni dogʻda qoldirdi. Shu tariqa Oʻrunov “Spartak” tarkibida debyut golini urishga muvaffaq boʻldi.

“Spartak” asosiy tarkibida ilk bor tushgan Oston Oʻrunov mazkur bahsda toʻliq harakat qildi.

Asosiy mavzular