Oksana Chusovitina Kiyevda oltin medalga sazovor bo‘ldi

© NOKOksana Chusovitina zavoyevala zolotuyu medal v Kiyeve
Oksana Chusovitina zavoyevala zolotuyu medal v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turnirda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Litva, Latviya, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 nafar sportchi ishtirok etgan.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina Ukrainaning Kiyev shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Chusovitina musobaqaning ayollar o‘rtasida tayanib sakrash yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

“Chusovitina kecha saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi va bugun final bosqichida ham o‘zining betakror chiqishi bilan yana bir bor oltin medalga sazovor bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Turnirda O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Isroil, Germaniya, Litva, Latviya, Sloveniya, Belarus va Ukrainadan 85 nafar sportchi ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0