06:00 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
62611

Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubi asosiy tarkibida mustahkam oʻrin ololishiga telesharhlovchi Gennadiy Orlovning ishonchi komil.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubi asosiy tarkibida mustahkam oʻrin ololadi va muxlislarni  oʻyini bilan maftun qiloladi. Bunga rossiyalik telesharhlovchi Gennadiy Orlovning ishonchi komil.

“Oʻzbek zamini futbol isteʼdodlarini ham dunyoga keltirmoqda. Eldor qayerda boʻlmasin Samarqandda yoki Toshkentda Yevropaga oʻynashga ketadigan oʻyinchi boʻlib yetishish mumkinligini anglash uchun eng yaxshi misol. Bu boshqa sportchilar uchun stimul”, - dedi u Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonlik futbolchi toʻp surayotgan “Rostov” klubi Italiyaning “Jenoa” klubi bilan hujumchi transferi borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular