18:54 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
75 0 0

Oʻzbekistonlik futbolchi Jasur Jaloliddinov yozda “Bunyodkor”dan Moskvaning “Lokomotiv” klubiga oʻtgan edi. Endilikda u 7 raqam ostida “Tambov” sharafini himoya qiladi.

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi oʻzbekistonlik Jasur Jaloliddinov faoliyatini “Tambov”da davom ettiradi. Bu haqda “Tambov” futbol klubi saytida xabar qilindi.

“Tambov” 18 yoshli Moskvaning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jasurbek Jaloliddinovni ijaraga oldi. Oʻyinchi bilan shartnoma joriy mavsum oxiriga qadar tuzilgan”, - deyilgan xabarda.

Jaloliddinov yangi jamoada 7 raqam ostida toʻp suradi.

​Avvalroq “Lokomotiv” legionerlarga qoʻyilgan limit tufayli Jasurni Rossiya chempionati qaydnomasidan oʻchirgan edi. Shuningdek, temiryoʻlchilar Chempionlar Ligasi qaydnomasiga ham oʻzbekistonlik futbolchini kiritmadi.

Jasur Jaloliddinov 2002 yil 15 mayda Navoiyda tugʻilgan. 2018 yil 2 avgust sanasida “Bunyodkor” safida Superliga doirasida debyut oʻyinini “Qoʻqon-1912”ga qarshi oʻtkazgan. U debyut qilgan vaqtda 16 yosh 80 kunlik edi. Bu orqali u Oʻzbekiston chempionatida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi. 2019 yil oktyabrida The Guardian talqiniga koʻra, dunyoning eng isteʼdodli 60 futbolchisi roʻyxatida qayd etilgan. 

Asosiy mavzular