00:10 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Sport
Havola olish
56830

Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov kelajakda kim divizion yetakchisiga aylanishi mumkinligini aytdi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Yengil vaznda UFC chempioni, rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov kelajakda kim divizion yetakchisiga aylanishi mumkinligini aytdi.

Habibning soʻzlariga koʻra, undan keyin rossiyalik Islom Maxachev UFC yengil vazn toifasida chempionlik kamarini qoʻlga kiritishi mumkin.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot ufc (@ufc)

"Yengil vaznning navbatdagi qiroli", - deb yozgan Nurmagomedov Maxachev va braziliyalik Rafayel dus Anjus oʻrtasidagi uchrashuvni eʼlon qilgan post ostida.

Rossiyalik jangchi Islom Maxachev MMA boʻyicha 19 jangdan 18tasida gʻalaba qozondi. Bitta jang sportchining magʻlubiyati bilan tugadi.

Oʻz navbatida, Rafayel dus Anjus 29 ta jangda gʻalaba qozonib, 13 tasida magʻlubiyat alamini tortgan (jami 42 ta jang).

Asosiy mavzular