10:02 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
385 0 0

“Jenoa” – “Parma” bahsida oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov oʻzining ilk golini urishga muvaffaq boʻldi.

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 9-turidan oʻrin olgan “Jenoa” – “Parma” bahsida oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov oʻzining ilk golini urishga muvaffaq boʻldi.

​Ushbu bahsda Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 50-daqiqada A Seriyadagi debyut golini urdi. Shu tariqa Shomurodov Italiya chempionatida gol urgan ilk oʻzbekistonlik futbolchiga aylandi. Oʻyinning 69-daqiqasida u zaxiraga olindi. 

Shomurodovning goli uning jamoasini magʻlubiyatdan qutqarib qololmadi. Birinchi boʻlimda raqib ikki gol bilan oldinga chiqib olgan edi.

Avvalroq Eldor Italiya Kubogi 1/16 finali doirasida “Sampdoriya”ga qarshi oʻyinda golli uzatma amalga oshirgan edi.

Teglar:
Eldor Shomurodov, futbol

Asosiy mavzular