18:16 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
55611

Oʻzbekistonlik bokschi Fazliddin Gʻoibnazarov 5 dekabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi. Unga armanistonlik Manuk Dilanyan raqiblik qildi.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, hozirda faoliyatini professional ringda davom ettirayotgan oʻzbekistonlik bokschi Fazliddin Gʻoibnazarov 5 dekabr kuni oʻzining navbatdagi jangini oʻtkazdi.

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada unga armanistonlik Manuk Dilanyan raqiblik qildi.

U jangni ishonch bilan boshladi va ilk raundlardanoq ustunligini namoyish etdi. Uchinchi raund soʻngida chiroyli himoyalandi va fursatdan foydalanib, Dilanyanni nokdaun holatiga tushirdi.

Soʻnggi raundlar ham oʻzbekistonlik bokschining faolligi va keskin hujumlari ostida oʻtdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Gʻoyibnazarovning qoʻli baland kelganini eʼlon qilishdi.

Asosiy mavzular