06:31 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
158 0 0

Temur Ismailov 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan oʻyinlarda qatnashgani aniqlangan. Shu sabab u sportdan 7 yilga chetlashtirildi va 12 ming dolllar jarimaga tortildi.

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. 25 yoshli oʻzbekistonlik tennischi Temur Ismailov kelishilgan oʻyinlarda ishtirok etgani uchun 7 yilga sportdan chetlatildi. Bu haqda “Tennis Integrity Unit” tashkiloti saytida xabar qilindi.

Aniqlanishicha, sportchi tennisdagi korruptsiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzib, 2014, 2015 va 2019 yillarda kelishilgan oʻyinlarda qatnashgan.

Ismailovga joriy yil 18 dekabrdan barcha tennis turnirlarida qatnashish va u yerga borish taqiqlandi. Bundan tashqari, 12 ming dollar jarimaga tortildi. 

Professional tennischilar assotsiatsiyasi reytingida Ismoilovning eng yuqori pozitsiyasi 756-oʻrin boʻlgan.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, kelishilgan oʻyinlar, tennis, sport

Asosiy mavzular