09:36 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Sport
Havola olish
65720

WBA bokschilarning 2020 yil dekabr oyi yakunlari boʻyicha yangilangan reytingini eʼlon qildi. Reytingdan 6 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) bokschilarning 2020 yil dekabr oyi yakunlari boʻyicha yangilangan reytingini eʼlon qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Reytingdan 6 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan.

Reytingda bokschi Murodjon Ahmadaliyev ikkinchi yengil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan.

Birinchi yarim oʻrta vazn toifasidan (-63,5 kg) ikki nafar oʻzbekistonlik oʻrin olgan. Yangilangan reytingda Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram Gʻiyosov 6-pogʻonada qayd etilgan boʻlsa, yana bir bokschi Shohjahon Ergashev 8-oʻrinni egallab turibdi.

Birinchi oʻrta vazn (-69,85 kg) toifasidagi Isroil Madrimov 1-oʻrinda qayd etilgan va u chempionlik kamari uchun birinchi raqamli daʼvogarga aylangan.

Ikkinchi oʻrta vazn toifasidagi bokschi Bektemir Meliqoʻziyev (-76,2 kg) noyabr oyida ajoyib gʻalabaga erishgan boʻlsa-da, hamon 14-oʻrinda bormoqda.

Yarim ogʻir vazn toifasida (-79,3 kg) ringga koʻtarilayotgan Rustam Toʻlaganov ham avvalgi oydagi oʻrnini saqlab qolgan – 14-oʻrin.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, boks

Asosiy mavzular