10:46 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Sport
Havola olish
184 0 0

“Amirsoy” dam olish maskanida qor polosi boʻyicha bellashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu bahs dengiz sathidan 1820 metr balandlikda oʻtkazildi.

TOSHKENT, 3 yanv — Sputnik. Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” dam olish maskanida qor polosi boʻyicha bellashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qilmoqda.

Oʻzbekiston polo federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Oʻzbekiston polo, zamonaviy beshkurash hamda yilqichilik va ot sporti federatsiyalari raisi Bahromjon Gaziyev, shuningdek, bir qator sport federatsiya va assotsiatsiyalar mutasaddilari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Vpervыe v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu
NOK Uzbekistana
Vpervыe v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu

Taʼkidlanishicha, ushbu bahs dengiz sathidan 1820 metr balandlikda oʻtkazildi. Qiziqarli kurashlarga boy boʻlgan “Universal jumping” hamda “Amirsoy” jamoalari oʻrtasida bahs 5:2 hisobida ot sporti klubi vakillarining foydasiga hal boʻldi.

Bellashuvni xalqaro toifadagi hakam Ziri Abdul Kamol boshqarib bordi. “Amirsoy” jamoasi sharafini Milliy Gvardiya qoshidagi ot sporti boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilari himoya qilishdi.

Vpervыe v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu
NOK Uzbekistana
Vpervыe v istorii Uzbekistana proshel match po konnomu polo na snegu

Qor polosi ilk bor 1985 yil Shveytsariyaning Sankt-Morrits shahrida muzlagan koʻl ustida tashkil qilingan edi. Oʻshanda oʻyin koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotgach, qish faslida ham polo bahslarini tashkil qilish anʼana tusiga kira boshladi. Hozirda Amerika, Yevropa va Osiyo qitʼalarida qor polosi uchrashuvlari oʻtkazib kelinadi.

Asosiy mavzular