06:27 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Sport
Havola olish
388 0 0

"Jenoa" futbol klubi Italiya chempionatining 16-turida "Sassuolo"ga qarshi oʻyinida ochko qoʻlga kirita olmadi.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. "Jenoa" futbol klubi Italiya chempionatining 16-turida "Sassuolo"ga qarshi oʻyinida ochko qoʻlga kirita olmadi. Mezbonlar 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimi nol natija bilan yakunlandi. Ammo ikkinchi boʻlimning 52-daqiqasida "Sassuolo" yarim himoyachisi Jeremi Boga raqiblar darvozasiga gol urib, hisobni ochdi. 64-daqiqada "Jenoa" "Rostov"ning sobiq forvardi Eldor Shomurodov Paolo Gilone uzatgan toʻpni oʻziniki qildi. Havodagi kurashda raqib himoyachisini yengib, boshi bilan toʻpni darvoza toʻriga joyladi.

Ammo mehmonlar durang hisobni olib keta olmadilar. Uchrashuvning 83-daqiqasida, Jakomo Raspadori darvozaga toʻp yoʻllaydi va shu bilan oʻyin taqdirini hal qiladi.

Teglar:
futbol, Italiya, Eldor Shomurodov

Asosiy mavzular