10:30 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Sport
Havola olish
77610

Oʻzbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov jahon futboli yulduzi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bilan bir klubda toʻp surishi mumkin.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Italiya OAVning xabar berishicha, shu yilning kuzida “Jenoa” klubiga oʻtgan 25 yoshli oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov "Yuventus" klubiga oʻtib, Krishtianu Ronaldu bilan birga toʻp surishi mumkin.

Manba bergan malumotlarga koʻra, Turin klubi byudjetda mablagʻ yoʻqligi sababli oʻzbekistonlik futbolchini toʻliq sotib olish masalasini koʻrib chiqmayapti, uni ijaraga olishi mumkin.

Shomurodov oktyabr oyida Rossiyaning "Rostov" klubidan "Jenoa" klubiga oʻtgandi. U yangi jamoada 11ta oʻyin oʻtkazib, 2ta gol urdi va 2ta golli uzatma amalga oshirdi.

Teglar:
sport, Italiya, Krishtianu Ronaldu, Eldor Shomurodov, futbol

Asosiy mavzular