05:27 07 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Sport
Havola olish
361 0 0

Rossiyalik murabbiy Sergey Yuran “Match Premyer” telekanaliga bergan intervyusida Oston Oʻrunov oʻz yoshini kichraytirganini asossiz iddao qilgan edi. Endi u aytgan gaplari uchun 3,4 ming dollar jarimaga toʻlaydi.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya futbol ittifoqi axloq qoʻmitasi “SKA-Xabarovsk” bosh murabbiyi Sergey Yuranni “Spartak” yarim himoyachisi, oʻzbekistonlik futbolchi Oston Oʻrunovning yoshi toʻgʻrisida gapirgan gapi uchun jarimaga tortdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

“Sergey Nikolayevich Yuranni 250 ming rubl bilan jazolash toʻgʻrisida qaror qabul qildik. Videoaloqada har ikki tomon ishtirok etdi – huquqshunoslar va Yuranning oʻzi. Agar uning eʼtirozi boʻlsa, apellyatsiya qoʻmitasiga shikoyat keltirishi mumkin”, - dedi qoʻmita rahbari Semyon Andreyev.

“SKA-Xabarovsk” futbol klubi bosh murabbiyi, sobiq futbolchi Sergey Yuran “Match Premyer” telekanaliga bergan intervyusida Oston Oʻrunov oʻz yoshini kichraytirganini iddao qilgan edi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi uning bayonotini asossiz va masʼuliyatsizlik deb hisoblashi hamda Oston Oʻrunovning yoshiga oid aytgan ayblovlari uchun aniq dalil-isbot keltirishini talab qilgan edi. Yurandan futbolchi, OʻFA hamda butun oʻzbek futboli jamoatchiligidan rasmiy ravishda uzr soʻrashini talab qilgan edi.

Shuningdek, assotsiatsiya Rossiya futbol ittifoqi (RFS) axloq qoʻmitasini ushbu holatni sinchkovlik bilan oʻrganishga hamda Oston Oʻrunovga, oʻz navbatida, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi obroʻsiga putur yetkazadigan ayblov bilan chiqish qilgan Sergey Yuranga chora koʻrishga chaqirgan edi.

Teglar:
futbol, Oston Oʻrunov

Asosiy mavzular