19:36 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
128 0 0

Odil Ahmedov “Milliy terma jamoa yuragi”, Eldor Shomurodov esa asosiy nominatsiya “Oʻzbek futbolining yorqin yulduzi”sovriniga loyiq deb topildi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) 2021 yildan boshlab yangi anʼanani yoʻlga qoʻymoqda.

Assotsiatsiya matbuot xizmati xabariga koʻra, endilikda oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshayotgan, Oʻzbekiston dovrugʻini jahon maydonlarida taratayotgan va mamlakatda futbol ommaviyligini oshirishda muhim oʻrin tutgan futbolchi va mutaxassislar OʻFA prezidentining maxsus sovrinlari bilan taqdirlanadi.

OʻFA majlislar zalida oʻtgan taqdirlash marosimida assotsiatsiya prezidenti Abdusalom Azizov, birinchi vitse-prezident Ravshan Ermatov va boʻlinmalar rahbariyati ishtirok etdi.

Bu yil ushbu taqdirlash jarayoni birinchi bor yoʻlga qoʻyildi va unda 5 ta nominatsiya joriy etildi.

Oʻtgan mavsumda muxlislar va mutaxassislar eʼtiborini qozongan, milliy jamoalar safida ishonchli oʻyin koʻrsatgan Ibrohimxalil Yoʻldoshev “Yil kashfiyoti” nomiga sazovor boʻldi.

Oʻzbek futboli afsonasi Gennadiy Denisov “Milliy terma jamoa faxriysi” sovriniga munosib deb topildi.

Ham maydonda, ham uning tashqarisida barchaga oʻrnak boʻladigan, har bir terma jamoaning ramziga aylangan futbolchi Odil Ahmedov Oʻzbekiston milliy jamoasidagi mardonavor harakati va fidoyiligi uchun “Milliy terma jamoa yuragi” sovrini bilan taqdirlandi.

Italiyaning “Jenoa” klubi safida sermahsul va yuqori darajali oʻyin koʻrsatib, oʻzbek futbolini jahonga yanada tanitayotgan Eldor Shomurodov asosiy nominatsiya “Oʻzbek futbolining yorqin yulduzi”sovriniga loyiq deb topildi.

Jizzax viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ergash Soliyev “Oʻzbek futboli rivojiga qoʻshayotgan hissasi uchun” sovrini bilan taqdirlandi.

Teglar:
sovrin, futbol, Ravshan Ermatov, Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov

Asosiy mavzular