18:30 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
214 0 0

Oʻzbekistonlik yarim himoyachi oʻtgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchgan “Legiya” jamoasiga qoʻshildi.

TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻzbekistonlik futbolchi oʻz faoliyatini Polshada davom ettiradi.

Varshava jamoasi Yaxshiboyev bilan 2023 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzdi. Shartnomada uni uzaytirish mumkinligi haqida band ham bor. 

Bunga qadar Yaxshiboyev Belarus oliy ligasi ishtirokchilari “Shaxtyor-Soligorsk” hamda “Energetik-BGU” safida ishonchli oʻyin koʻrsatib, 27 ta uchrashuvda 16 bor raqiblar darvozasini ishgʻol etgan edi.

Maʼlumot oʻrnida, “Legiya” jamoasi oʻtgan mavsumda Polsha birinchiligida zafar quchib, bosh sovrinni qoʻlga kiritgan. Ushbu mavsumda esa ular 32 ochko bilan turnir jadvalining 2-pogʻonasidan joy olgan.

Asosiy mavzular