10:00 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Sport
Havola olish
159 0 0

Mazkur chempionatda 31 davlatdan 300 dan ortiq atlet ishtirok etishi kutilmoqda. Mamlakat sharafini Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov ham himoya qiladi.

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Toshkent shahri 2021 yil 16 — 25 aprel kunlari ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo chempionatini qabul qiladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Pandemiya sabab yuzaga kelgan uzoq tanaffusdan keyin qitʼaning eng sara atletlari Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun kurash olib borishadi.

Qayd etilishicha, ushbu musobaqada mamlakat sharafini Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov ham himoya qiladi.

Mazkur chempionatda 31 davlatdan 300 dan ortiq atlet ishtirok etishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular