21:17 24 Aprel 2018
Efir
Palatochnыy lager

Surxondaryoda yangi ekoturistik yoʻnalish ochiladi

© Sputnik / Aleksey Malgavko
Turizm
Havola olish
147 0 0

2017-yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurgan

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Surxondaryo viloyatidagi Sherobod tumanida joylashgan Zarautsoy yoʻnalishi boʻylab ekoturizm yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi Surxondaryo hokimligi matbuot-xizmati.

Arxeolog olimlar Zarautsoydagi togʻ qoyalariga oʻyib chizilgan rasmlarning mezolit, neolit davrlariga mansubligini aniqlagan.

Oʻtmishdagi ajdodlarimiz qizil oxra bilan ishlagan rasmlarda itlar yordamida yovvoyi buqalarni ov qilish manzaralari mahorat bilan chizilgan. Niqoblangan odamlar, burama shoxli echki, jayron, tulki, togʻ echkisi kabi koʻplab yovvoyi hayvonlar yuksak did bilan tasvirlangan.

2017-yilda Surxondaryo viloyatiga sakkiz mingdan ortiq xorijlik, 40 mingga yaqin mahalliy sayyoh tashrif buyurgan.

Asosiy mavzular