12:59 24 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara

Oʻzbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

© Fulvio Spada
Turizm
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
202430

Agarda siz Oʻzbekiston faqat shirin mevalar, mamlakatning "tashrif qogʻozi"ga aylangan Registon maydoni yoki mazali palov deb oʻylasangiz, albatta, adashasiz. Bu yerda oʻrganilmagan va sirli joylar juda koʻp

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistonning yangicha yoʻli, unda yuz berayotgan oʻzgarishlar va mamlakatning turizm salohiyati haqida muntazam yoritishmoqda. Respublika xalqaro sayyohlik yarmarkalarida tobora koʻproq ishtirok etmoqda.

Darvoqe, bugun, 21 fevral kuni Sankt-Peterburgda "Buyuk ipak yoʻli jumbogʻi" nomli turizm yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Yarmarkada 50 ta mahalliy turizm kompaniyalar vakillari orasida Oʻzbekistoning 3 ta turistik kompaniyasi ham ishtirok etdi.

Shunday ekan, bugungi kunda Oʻzbekiston sayyohlarga nimalarni taklif qila oladi?

Nega Oʻzbekiston sayohatchilar orzu qiladigan makonga aylanishi kerak va bugungi kunda bu oʻlkada turizmning qanday yangi yoʻnalishlari ochilganligi xususida Sputnik muxbiri maqolasida tanishishingiz mumkin.

Bagʻrikeng xalq

Oʻzbekistonga tashrif buyurishning eng muhim sabablardan biri, shubhasiz, bu uning mehridaryo xalqidir. Mehmondoʻstlik va yurakdan saxiylik — asrlar davomida millatning asosiy farqlovchi xususiyati boʻlib kelmoqda.

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Shelkovыy put: 32 stranы priglashayut uzbekistantsev
Mamlakat boʻylab qanchalik uzoq safar qilsangiz, mahalliy aholi bilan muloqotingiz shunchalik yoqimli va iliq kechishi shubhasiz. Bu xalq haqiqatda mehmondoʻst, ayniqsa, sayyohlarni ochiq koʻngil va ochiq chehra bilan kutib oladi

Hatto, yoʻlingizda uchragan notanish kishi sizni oʻz uyiga, bir piyola choyga taklif etsa hayron boʻlmang — bu oʻzbek xalqining azaliy urf-odatlaridan biri.

Hozirda mamlakatda mehmonlar xavfsizligini taʼminlash va ular bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.

Xususan, 2018 yil 1 martgacha respublikada sayyohlarga tezkor yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus kol-markaz faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Sayyohlar xavfsizligi uchun javob beradigan maxsus patrullar esa mustaqil sayyohat qilishni xush koʻruvchilar uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Oʻzbekiston turistlar uchun eng qiziq shaharlar: Toshkent, Samarqand, Buxoro

Oʻzbekiston poytaxti dunyoning eng qiziqarli shaharlardan biri hisoblanadi: bunda turli millat, madaniyat, din vakillari farovon hayot kechiradi. Toshkentda necha kun safar qilsangiz ham, har gal shaharning yangi, notanish qirralarini oʻzingiz uchun kashf qilasiz.

V tselyax obslujivaniya grajdan i gostey stolitsы v g.Tashkente pri GUVD organizovanы gruppы spetsialnыy patrul
V tselyax obslujivaniya grajdan i gostey stolitsы v g.Tashkente pri GUVD organizovanы gruppы "spetsialnыy patrul"

Shovqin megapolisdan biroz toliqsangiz, nigohingizni qadim va hamisha navqiron Samarqandga qarating.

Gorod Samarkand. Vid na ploщad Registan
© Sputnik / Georgiy Zelma
Gorod Samarkand. Vid na ploщad Registan

Respublikada kattaligi boʻyicha ikkinchi shahar hisoblangan bu viloyat oʻz vaqtida buyuk sarkarda Amir Temur saltanatining poytaxti boʻlgan. Shahar — qadimiy "jin" koʻchalarni, tarixiy majmualarni tomosha qilishni yoqtiradiganlar uchun nodir topilmadir. Siyob bozori esa sayyohlarning sevimli joyiga aylanishi turgan gap.

Shuningdek, koʻhna Buxoroni ziyorat qilishni unutmang. Bu shaharda koʻplab mutafakkir olimlar, ulamolar va shoirlar yetishib chiqqan.

Nekropol Baxauddina Nakshbandi. Buxara, Uzbekistan
Nekropol Baxauddina Nakshbandi. Buxara, Uzbekistan

"Buxoro" soʻzi soʻgʻd tilidan tarjima qilinganda "muvaffaqiyatli joy" maʼnosini beradi. Aynan shu muvaffaqiyatli joy uchun, tarixiy manbalarda keltirilishicha, qadimda qanchadan-qancha janglar boʻlgan ekan. 

Oʻzbek Shveytsariyasi

Toshkent shahrining janubiy-gʻarbiy qismida, koʻhna Samarqandning shimoliy-sharqiy qismidan 90 km masofada ajoyib bir shahar — Jizzax shahri joylashgan.

privet ot prodavtsa meda v gorax Djizzaka
privet ot prodavtsa meda v gorax Djizzaka

Jizzaxni "oʻzbek Shveytsariyasi" deb atashadi. Chunki bu yerda ajoyib "Zomin" dam olish zonasi va noyob tabiat qoʻriqxonasi joylashgan.

Zomin 1926 yildan beri faoliyat koʻrsatadi. Bogʻ va qoʻriqxonaning maydoni 20 gektarni tashkil qiladi. Bu yerning tabiati ajoyib. Koʻp yillik archalar oʻz goʻzalligi bilan barchani hayratga soladi. Hududdagi koʻplab daraxtlarning yoshi yuz yildan oshadi.

Bu yerda 2000 yilga yaqin oʻsayotgan noyob mojjevelnik archalari saqlanib qolgan.

Togʻchangʻi kurortlari, sogʻlomlashtirish turizmi

Respublikaning togʻli hududlari, jumladan Chimyon va Beldirsoyda yilning turli fasllarida changʻi sport turi, piyoda yurish, alpinizm bilan shugʻullanish imkoniyatini beradi.

Dostoprimechatelnosti Uzbekistana. Chimgan
© Flickr / stefan_fotos_126
Dostoprimechatelnosti Uzbekistana. Chimgan

Ob-havo imkoniyatiga qarab, Oʻzbekiston togʻlarida mart oyi yakuniga qadar changʻi uchsa boʻladi.

Togʻ trassalarida koʻp yillik tajribaga ega malakali instruktorlar ishlashadi.

Xozirgi vaqtda Oʻzbekistonda 3 ta togʻchangʻi bazasi mavjud: Beldirsoy, Chimyon, Yangiobod. Shuningdek, Oʻzbekistondagi sanatoriylarda kasalliklarning har bir turini davolash va diagnostika qilish xalqaro standartlari ishlab chiqilib, tatbiq etilgan.

Privet, deti katayutsya na sankax, Chimgan
Privet, deti katayutsya na sankax, Chimgan

Bir soʻz bilan aytganda, dam olish zonalarida nafaqat miriqib hordiq chiqarish, balki boshqa davlatlarnikidan ancha arzon narxda davolanib olish imkoniyati mavjud.

Sanatoriy xodimlarining xushmuomalaligi esa Oʻzbekistonga shifo topish istagida kelgan sayyohlar uchun ajoyib bonus boʻlishi turgan gap.

Eko turizm

Oʻzbekistonning cheksiz choʻllari, yirik togʻ tizmalari, sanoqsiz daryolari, koʻllar, suv omborlari, rang-barang oʻsimlik va hayvonot olami dunyoning barcha burchaklaridan mehmonlarni jalb qiladi.

Mamlakat boʻylab sayohat davomida sizlarga Milliy qoʻriqxonalarga kirish imkoni mavjud: ulardan Zomin, Zarafshon, Djeyran ekomarkazi va boshqa ekologik toza qoʻriqxonalari bor. U yerda Qizil kitobga kiritilgan noyob oʻsimlik va hayvonlarni koʻrish mumkin.

Choʻldagi nodir sanʼat namunasi

Savitskiy nomidagi muzey toʻplamida 90 mingdan ortiq asar mavjud. Muzeyga I.Savitskiyning saʼy-harakati va u toʻplagan qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati asarlari negizida asos solingan.

Gosudarstvennыy muzey iskusstv Karakalpakstana imeni Igorya Savitskogo
Akademiya xudojestv Uzbekistana
Gosudarstvennыy muzey iskusstv Karakalpakstana imeni Igorya Savitskogo

Qoraqalpoq xalq ustalari tomonidan yaratilgan zargarlik, yogʻoch oʻymakorligi, kashtadoʻzlik, toʻqimachilik (ayniqsa, oʻtov jihozlari) va boshqa asarlar amaliy sanʼat boʻlimida jamlangan.

Muzey rus avangardi, Oʻzbekiston sanʼat asarlari, Qoraqalpogʻiston milliy sanʼati namunalari, qadimgi Xorazm sanʼati yorqin namunalarini oʻz ichiga oladi. Bunday asarlar dunyoning hech bir muzeyi va shaxsiy kollektsiyalarda yoʻq.

Hattoki jahonga mashhur Sankt-Peterburgadagi Rus muzeyi va Moskvadagi Tretyakov galereyasi ham Nukus muzeyiga havas qilishlarini tan olishgan.

Ekspertlar va jahon OAVlari fikriga koʻra, Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat muzeyi kollektsiyasi Osiyo mintaqasida eng birinchi noyob sanʼat majmuasi hisoblanadi. Rus avangardi toʻplami va xajmi boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi.

Angliyaning "Gardian" gazetasi "bu muzeyni" dunyoning eng yaxshi muzeylaridan biri" deya eʼtirof etgan. Xuddi shunday baho Albert Gor va Jak Shirak tomonidan ham berilgan.

Muzeydagi toʻplamlarni Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya elchilari, maslahatchilari hamda YUNESKO va AQSH vakillari tomosha qilishgan.

Transport qatnovi

Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi turistlar diqqatga sazovor joylarga temir yoʻl, avia va avtotransportlarda borishlari mumkin.

Oddiy poyezdlardan tashqari, har kuni Samarqand va Buxoroga yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" poyezdi ham qatnaydi. U soatiga 230 km tezlikda harakatlanib, Toshkentdan Samarqandgacha boʻlgan masofani 2 soatda bosib oʻtadi.

Vыsokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab
© Foto : Michał Huniewicz
Vыsokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"

Shuningdek, respublikada avtomashina ijara xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

Ijara xizmat turi Toshkent, Buxoro Samarqand, Xorazm shaharlarida tajriba sifatida yoʻlga qoʻyiladi.

Avtomobillar ijarasi muayyan muddatga (bir necha soatdan bir necha oygacha) haydovchisiz avtomobilni berishni koʻzda tutadi. Ijarani rasmiylashtirish uchun pasportdan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasi ham kerak boʻladi.

Havo sharida parvoz

Siz havo sharida parvoz qilishni orzu qilganmisiz? Yoki siz balandlikdan qoʻrqasizmi? Buxoroda endi havo sharida uchish imkoniyati mavjud. Yangi loyiha turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda bir qator tijorat banklar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Vozdushnыy shar v Buxare
Vozdushnыy shar v Buxare

Sayyohlarga yer sathidan 100 metr balandlikda qadimiy Buxoro goʻzalligini tomosha qilish imkoniyati yaratildi. Balandlikdan ajoyib kadrlarni tasvirga olish ham mumkin.

Sehrli koʻl

Aydarkoʻl — Oʻzbekistondagi eng chiroyli joylardan biri hisoblanadi. Koʻl Oʻzbekistonning shimoliy-sharqiy qismida Nurota shahridan 50 kmda joylashgan.

Koʻl deyarli odam yashamaydigan hududda joylashgan, uning yaqinida atigi 345 oila istiqomat qiladi.

Albatta, Aydarkoʻlida eng qiziqarli sarguzasht bu — baliq ovidir. Aynan shu joyga respublikaning turli chekkalaridan minglab turistlar keladi.

Koʻlga keluvchilar baliq ovi uchun barcha zarur anjomlarni oʻzlari bilan olib kelishadi, lekin qarmoqlar shu joyning oʻzida ham ijaraga beriladi. Mehmonlar qoʻldan 6 km masofada joylashgan "Aydar" lagerida toʻxtashlari mumkin. Lagerda 8 ta yurta mavjud. Ular milliy uslubda qurilgan boʻlib, barcha maishiy qulayliklarga ega. Shu yerda tuyalarda ham sayr qilish mumkin.

YUNESKO himoyasiga olingan Sarmash jarligidagi qadimiy rasmlar hech kimni befarq qoldirmaydi.

Markaziy Osiyo Makkasi

Oʻzbekiston hududida koʻplab diniy obidalar mavjud. Ularning baʼzilari 3000 yildan ortiq tarixga ega.

Xususan, Toshkentda Xasti imom markazi va 7-asrga tegishli Qurʼoni karimning Xalifa Usmon mushafini koʻrishingiz mumkin.

Shuningdek, Buxoroda koʻplab masjid va musulmon ulamolari qabrlari mavjud.

Buxara
Foto, Aleksandr Knyazev
Buxara

Muhim obidalarning biri Bahouddin Naqshbandiy yodgorlik majmuasi. Ushbu majmua Markaziy Osiyo Makkasi hisoblanadi. Har bir oʻzini hurmat qilgan musulmon Naqshbandiy ismini biladi va eʼzozlaydi. XIV asrning buyuk ilohiyotchisi naqshbandiya tariqati asoschisi 32 marta xajga borgan. U odamlarni kamtarin boʻlishga chorlab, boylik va hashamatni rad etib kelgan.

Buyuk aloma Buxoro yonidagi Qasri Hinduvon (Qasri Orifon) qishlogʻida dafn etilgan.

Bahouddin maqbarasiga turli musulmon davlatlardan koʻplab mehmonlar tashrif buyurishadi.

Maqbaraning ichida qadimiy tut yotibti, rivoyatlarga koʻra, u Bahouddin hassasidan oʻsib chiqqan. Agar uning tagidan odam oʻtsa, uning tilaklari, albatta, ijobat boʻladi.

Turistlarga eslatma…

Bugun Oʻzbekistonda sayyohlarda mamlakat haqida eng yorqin taaʼsurotlar qolishi uchun barcha ishlar qilinyapti. Buning uchun turizm infratuzilmasini qayta rivojlantirish jarayoni boshlangan.

2018 yil 10 fevraldan boshlab 7 ta (Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya, Yaponiya) davlat fuqarolariga 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etildi, shuningdek 39 ta davlat fuqarolari uchun tartib soddalashtirildi.

Bu bilan vizasiz rejimi 16 davlat fuqarolari uchun qoʻllaniladi.

Bugungi kunda vizasiz rejim bilan 9 ta davlat fuqarolari foydalaniladi: Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Gruziya, Qozogʻiston, Moldova, Rossiya, Ukraina, Qirgʻiziston.

Hozirgi vaqtda sayyohlik vizalarni ikki kun ichida rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi: Yevropa, Malayziya, Tailand, Turkiya va Yaponiya vizasiz tartib MDH (Tojikistondan tashqari) va Gruziya bilan oʻrnatilgan.

2018 yil 1 maydan xorijiy yoʻlovchilar kelganda ularga qisqa muddatli kirish vizalar berish boshlanadi.

Shu yil yoz mavsumida elektron shaklda E-Visa berish tizimini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Endi sayohlar barcha hujjatlarni internet orqali yuborib, qisqa muddatda javob olishlari mumkin.

Elektron viza olish uchun toʻlovlar xalqaro toʻlov kartalar (Visa va MasterCard) orqali qabul qilinadi.

Milliy aviatashuvchisi oʻzining parvozlarni koʻpaytirmoqda. Xususan, Skandinaviya, Benelyuks, Janubiy-Sharqiy Osiyo tarkibiga kiruvchi davlatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri parvozlarni yoʻlga qoʻyilmoqda.

Oʻzbekiston AQSH turistlari uchun eng ishonarli va xavfsiz boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritilgan. Bu haqdagi xulosa AQSH Davlat departamentining 10 yanvardagi hisobotida aytilgan.

Bularning barchasi yaqin kelajakda Oʻzbekiston sayyohlar uchun eng qiziqarli davlatlar roʻyxatiga kirishidan dalolat beradi.

Asosiy mavzular