14:09 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Turistы v Uzbekistane

Oʻzbekiston Germaniya fuqarolari uchun vizani bekor qildi

© Flickr / Allan Grey
Turizm
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)
375 0 0

Vizasiz tartib oʻrnatilishiga GFR fuqarolarining evisa dasturidan foydalanishlari omil boʻlgan: oʻtgan yil 28 dekabr holatiga koʻra, Germaniyaning 1089 nafar fuqarosi kirish vizasini rasmiylashtirgan

TOSHKENT, 4 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston Hukumati 2019 yil 15 yanvar sanasidan Germaniya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etdi, deb xabar qildi Davlat turizm qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Oʻzbekistonga Germaniyadan kelgan turistlar soni 2016 yilda 4 889 kishini, 2017 yilda 7 207 kishini, 2018 yilda esa 18 094 kishini tashkil qilganligi alohida qayd etilgan.

Shuningdek, taʼkidlanishicha, vizasiz tartib oʻrnatilishiga GFR fuqarolarining evisa dasturidan foydalanishlari omil sifatida xizmat qilgan: 2018 yil 28 dekabr holatiga koʻra, Germaniyaning 1089 nafar fuqarosi kirish vizasini rasmiylashtirgan, va ushbu dasturdan foydalangan mamlakatlar orasida 10-pozitsiyani egallagan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari" toʻgʻrisidagi Farmoniga binoan tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda va 2019 yil 15 yanvar sanasidan GFR fuqarolari uchun 30 kun muddatga turistik maqsadlarda vizasiz tartib joriy etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, vizasiz tartib joriy etilishi 2021 yil 1 yanvar sanasiga rejalashtirilgan edi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi (15)

Asosiy mavzular