Milliy bank mehmonxona jihozlarini xarid qilish uchun kredit liniyasi ochdi

Obuna bo‘lish
Milliy bank mehmonxona va infratuzilma obyektlari uchun jihozlar xarid qilish uchun maqsadli kredit liniyasi ochdi.

TOShKENT, 17 yanv – Sputnik. Milliy bank turizm sohasida qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektlarni qo‘shimcha moliyalash maqsadida kredit liniyasi ochdi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi.

“Kredit mablag‘lari mehmonxonalar va tutash yo‘l, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmalari obyektlari uchun import uskunalar va texnologiyalarni xarid qilish uchun ishlatilishi mumkin”, - deyilgan xabarda.

Kredit umumiy muddati 15-yil, shundan imtiyozli davr — 5-yilni tashkil qiladi. Maqsadli kredit hajmi loyiha umumiy qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim, deyilgan xabarda.

Shuningdek,  bir qarz oluvchiga beriladigan kredit miqdori bitta investitsiya loyihasi uchun 10 mln. AQSh dollaridan oshmasligi lozim.

Ushbu kreditni olish borasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar O‘zbekiston Milliy bankiga murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0