12:57 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Bashnya Shuxova v Buxare otkrыta dlya turistov

Buxorodagi Shuxov minorasi turistlar uchun ochildi

© Goskomturizm
Turizm
Havola olish
198 0 0

Buxoroda mashhur arxitektor va ixtirochi Vladimir Shuxov loyihasi boʻyicha qurilgan qadimiy suv minorasi endi turistlar tomoshagohiga aylandi.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Buxoroda 1920 yillarda arxitektor shahar aholisini suv bilan taʼminlash uchun qurilgan suv bosimi minorasi endi turistlar tomoshagohiga aylandi, deb xabar qilmoqda Davlat turizm qoʻmitasi.

Turizm qoʻmitasi xabarida aytilishiga koʻra, minoraning birinchi qavatida kafe va axborot markazi, ikkinchi qavatida restoran va uchinchi qavatida tomosha maydonchasi barpo etiladi.Minora ustiga chiыish qulay boʻlishi uchun uning yonida kichik lift ham qurilgan. 

Ushbu minora salkam 100 yil oldin mashhur ixtirochi va arxitektor Vladimir Shuxov loyihasi boʻyicha qurilgan. Minoraning ustki qismi  giperboloid shaklida tutashtirilgan yuzlab ingichka temir boʻlalaridan tashkil topgan.

Shaharning qoq oʻrtasida, Ark qalasi darvozasining qarshisida joylashgan balandligi 33 metrli minora haqiqatdan ham turistlar uchun qiziqarli tomosha maydonchasiga aylanishi mumkin.

Asosiy mavzular