07:12 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
450 0 0

Rossiyaga kelayotgan fuqarolar orasida eng koʻp Ukraina -1,7 mln., Qozogʻiston - 870 ming va Oʻzbekiston fuqarolari ekan - 634 ming kishi.

TOSHKENT, 20 may - Sputnik. 2019 yilning yanvar – mart oylarida Rossiya Federatsiyasiga kelayotgan Oʻzbekiston fuqarolari soni  15%ga koʻpaydi, deb xabar qildi Rossiya Turoperatorlar assotsiatsiyasi, Chegara qoʻriqlash xizmatiga asosan.

Vitse-prezident kompanii QBF Vladimir Maslennikov
Foto iz lichnogo arxiva Vladimira Maslennikova

Rossiyaga kelgan xorijiy fuqarolar orasida eng koʻp Ukraina vakillari – 1,7 million kishi. Bu oʻtga yilga nisbatan 10% kam. Ikkinchi oʻrinda Qozogʻiston – 870 ming kishi (+2,5%), uchinchi oʻrinda Oʻzbekiston - 634,7 ming kishi (+15%), Tojikiston - 689,1 ming kishi (+24,3%), Xitoy - 342,1 ming kishi (+17%).

Aytsh joizki, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolarning katta qismini Sobiq Ittifoq fuqarolar tashkil qiladi – 4,7 million kishi.Shunindek, Rossiyaga chegaradosh boʻlgan Finlyandiya, Polsha, Estonidan ham koʻp kishi tashrif buyuradi.   

Rossiya Turoperatorlar Assotsiatsiyasi qayd etishiga koʻra, Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolar orasida aynan turizm maqsadida kelayotganlar soni ham koʻpaymoqda. Xususan, 2019 yilning birinchi choragida kelishdan maqsad “turizm” deb koʻrsatgan mehmonlar soni 21,5 %ga oshgan.

Rossiyaga eng koʻp sayyoh joʻnatadigan 10 mamlakatlar quyidagilar: Xitoy, Janubiy Koreya, Isroil, Germaniya, Frantsiya, Tailand, Turkiya, AQSH va Yaponiyadir.  

Asosiy mavzular