21:43 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Moskovskiy gorodskoy sud

Atom energetikasi sohasini boshqarishda xalqaro qonunlardan namuna olinadi

© Sputnik / Ruslan Krivobok
Turizm
Havola olish
102 0 0

Oʻzbekiston atom energetikasi sohasiga doir qonunlar yaratishda Rossiya va xalqaro qonunchilik tajribasidan oʻrnak oladi.

TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston Hukumati atom energetikasidan foydalanish sohasida Rossiyada qabul qilingan qonuniy aktlarni qabul qilishi mumkin. Ushbu haqidagi qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi.

Yangi qonunda Rossiya qonunchiligidan AES qurilishida investitsiyalarga doir noormalarni hamda atom energetikasidan foydalanishga doir 200 ga yaqin qonuniy aktlar aks ettirilgan. Undan tashqari ushbu sohadagi xalqaro tajribadan ham keng foydalanilgan.

“Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda Xalqaro Atom Energetikasi tashkiloti tavsiyalari, atom energetikasi sohasiga yangi kirib kelgan Turkiya, Bangladesh va Belarus kabi davlatlar tajribasi hisobga olindi”, - deyilgan yangi qonun loyihasining kirish soʻzida.     

Yangi qonun loyihasi 25 iyunga qadar muhokamada boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy Osiyoda birinchi AESni Oʻzbekistonda 2021 yilda qurishni boshlash  rejalashtirilgan. Ushbu vaqtga qadar AES uchun tanlangan maydonni oʻrganish va barcha kerakli ishlarni litsenziyalash jarayoni olib boriladi.

Oʻzbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AES ikki energoblokdan iborat boʻlib, uning ummumiy quvvati 2,4 GVtni tashkil qiladi. Loyihani 2028 yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular