14:01 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Dmitriy Gorin

Oʻzbekiston turizm sohasida rossiyaliklar uchun Gruziya muqobili boʻlishi mumkin - ekspert

Sputnik / Kirill Kallinikov
Turizm
Havola olish
290 0 0

Rosturizm rahbari maslahatchisi, Rossiya turoperatorlari uyushmasi vitse-prezidenti Dmitriy Gorin Sputnik radio efirida bu yil Gruziyada dam ololmaydigan sayyohlar qaysi davlatlarga yoʻl olishlari mumkinligi haqidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Sakkizinchi iyuldan boshlab Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Rossiya aviatashuvchilariga Gruziyaga parvoz qilishni taqiqlovchi farmoni kuchga kiradi. Bu Gruziyada rusofob holati kuchaygani tufayli qabul qilindi. Bundan tashqari, turoperatorlar Rossiyadan Gruziyaga yoʻllanmalar sotishni bekor qilishmoqda.

Ekspertning soʻzlariga koʻra, Gruziyaning muqobili sifatida mamlakat tanlashda sayyohlar uch koʻrsatgichga eʼtibor qaratishadi: erkin kirish, chunki Gruziya rossiyaliklar uchun vizasiz mamlakat edi, byudjet va sayohat qilish imkoniyatlari.

“Soʻnggi yillarda sayohatchilar uchun qoʻshni davlat turizm bozorlariga talab katta. Agar ekskursiya turizmini oladigan boʻlsak, bu Yerevan, ommabop Boku hamda Oʻzbekiston”, - deydi Gorin.

Shuningdek, u rossiyaliklar MDH mamlakatlari boʻylab sayohat qilishlarini taʼkidladi, chunki u yerlarda madaniy-tarixiy, ekskursiya va gastronomik turizm uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Avvalroq Oʻzbekistonga tashrif buyuruvchi rossiyalik turistlar soni 2018 yilda uch baravarga oshgani xabar qilingan edi. Davlat turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjayevning maʼlum qilishicha, 2018 yilda Rossiyadan 371,5 ming kishi kelgan.

Hozirda ikki mamlakat davlat va xususiy turizm operatorlari tomonidan rossiyaliklarning Oʻzbekistonda qulay va xavfsiz sayohat qilishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish ustida ish olib borilmoqda.h. 2018 yilning oxirida Oʻzbekiston delegatsiyasi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” loyihasi doirasida mamlakatning turistlik imkoniyatini namoyish qilish maqsadida Yekaterinburg, Ufa, Qozon va Novosibirsk shaharlariga tashrif buyurishgan edi.

Asosiy mavzular