21:52 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Turizm xizmatlari eksporti 1 milliard dollardan oshdi – Akkulov

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Turizm
Havola olish
234 0 0

Oʻzbekiston 2025 yilga kelib sayyohlar sonini 4 baravar oshirishni rejalashtirgan (2017 yilga nisbatan).

TOSHKENT, 9 iyul – Sputnik. Oʻzbekistonda oʻtgan yilda turizm xizmatlari eksporti salkam ikki baravar oshdi, dedi Turizm qoʻmitasi raisi v.b. Abdulaziz Akkulov.

“Oʻzbekistonda 2018 yilda turizm xizmatlari eksporti 546 mln. dollardan 1 mlrd 40 mln. dollargacha oshdi, bu bir yil oldingiga nisbatan salkam ikki baravar koʻp. Ushbu yilning 5 oyi davomida oʻsish 29 %ni tashkil qildi”, - dedi Akkulov.

Turizm qoʻmitasi raisi soʻzlariga koʻra, bunday oʻsishga, albatta, Oʻzbekiston hukumati tomonidan turizmni rivojlantirish uchun qoʻyilgan toʻgʻri qadamlar sabab boʻlgan.

Xususan, 65 ta mamlakat bilan viza tartibining bekor qilinishi, 77 mamlakat bilan elektron viza tartibi kiritilishi, turizm sohasida yangi korxonalar tashkil qilinishi, mehmonxonalar qurilishiga davlat tomonidan yordam berilishi natijasda soha ildam rivojlangan.

2018 yil davomida turistik tashkilotlar soni 25%ga oshib, 1000tani tashkil etgan. Bu yil ularning soni yana 218taga oshgan. Shuningdek, respublika boʻyicha mehmonxonalar soni 991taga yetkazilgan. 2019 yil oxirida ularning nomer fondi miqdori 24 mingtaga yetishi kerak.

Turizm sohasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun turli sohalarda 20 ta imtiyozlar belgilangan. Ular orasida eng eʼtiborlisi – mehmonxona qurgan tadbirkorlar xarajatlaridan har bir 3* nomer uchun davlat byudjetidan 40 mln soʻm 4* nomer uchun esa – 65 mln soʻm qaytarilishini alohida aytib oʻtish kerak.   

Agar mehmonxona dunyoda mashhur mehmonxona brendlari ostida ochilgan boʻlsa har bir 3* va 4* nomer uchun qoʻshimcha 200 va 400  dollar yillik royalti toʻlovlari toʻlanar ekan.

Kelajak maqsadlari

Akkulov aytishiga qaraganda, 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston YAIMida turiz ulushini ikki baravar oshirish, yaʼni 2,3 %dan 5 %gacha. 2025 yilga kelib Oʻzbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini 9 million kishiga yetkazish rejalashtirilgan. 2019 yilda 5 million kishi kelishi kutilmoqda.

2025 yilgacha moʻljallangan turizmni rivojlantirish kontseptsiyasida operatorlar sonini 1 676 taga, mehmonxonalar sonini  3 000 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Akkulov aytishiga qaraganda, Oʻzbekistonda ichki turizmni rivojantirishga ham kata eʼtibor berilmoqda. Xususan, “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!”, davlat dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur orqali yuqori turizm mavsumidan boshqa vaqtda mehmonxonalar va turizm obʼyektlari xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 7,4 mingta madaniy meros obʼyektlari bor. 4ta shahar YUNESKO umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Asosiy mavzular