15:01 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Viza v pasporte

Bir yil ichida nechta Oʻzbekistonga kirish elektron vizasi berilgani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Turizm
Havola olish
129 0 0

YE-vizani rasmiylashtirish boʻyicha murojaatlarning aksariyati Xitoy, Hindiston va AQSH fuqarolaridan kelib tushgan.

TOSHKENT, 18 iyul — Sputnik. 2018 yilning iyulidan bugungi kunga qadar Oʻzbekistonga kirish uchun xorijiy fuqarolardan tushgan arizalar soni 60 mingga yaqinlashdi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 58 761 nafar xorijliklarga elektron viza berilgan.

YE-visa᾽ni rasmiylashtirish boʻyicha murojaatlarning aksariyati Xitoy (22 785), Hindiston (12 372) va AQSH (8 682) fuqarolaridan kelib tushgan.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 4 iyuldagi 3836-sonli “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2018 yil 15 iyuldan boshlab 96 mamlakat fuqarolariga elektron vizalar berish tizimi joriy etilgan.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda chet el fuqarolarining Respublikaga kirish tartibini yanada takomillashtirilishi uchun roʻyxatga olish jarayonida yuzaga keladigan har bir masalani koʻrib chiqish yoʻli bilan elektron arizalarni qabul qilish tartibini optimallashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston turistlar oqimini 10 million kishigacha oshirmoqchi ekanligi xabar qilingan edi. Turizm qoʻmitasi raisi v.b. Abdulaziz Akkulov Oʻzbekistonda 2018 yilda turizm xizmatlari eksporti 546 mln. dollardan 1 mlrd 40 mln. dollargacha oshganini maʼlum qilgan edi.

Asosiy mavzular