07:32 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Ansambl Poi-Kalon. Gorod Buxara. Arxivnoye foto

Buxorodagi Poi Kalon ansambli “SHHTning 8 moʻʼjizasi” roʻyxatidan joy oldi

© Fulvio Spada
Turizm
Havola olish
92 0 0

Poi Kalon meʼmoriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni oʻz ichiga oladi.

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Buxorodagi Poi Kalon ansambli “SHHTning 8 moʻʼjizasi” roʻyxatidan joy oldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabar qildi.

Poi Kalon meʼmoriy ansambli Minorai Kalon atrofidagi hududni oʻz ichiga oladi. Kompleks XII-XIV asrlarda 3 binodan iborat: Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi. Minorai Kalon 1127 yilda Arslon xon tomonidan bunyod etilgan boʻlib, deyarli 900 yil davomida taʼmirlanmagan. Uning balandligi 46,5 metrni tashkil qiladi. 

Masjidi Kalon – Samarqanddagi “Bibixonim”dan keyin Markaziy Osiyoda kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi masjid. Ubaydullaxon hukmronligi davrida, qoraxoniylar masjidi oʻrnida qurilgan. Qurilish ishlari 1514 yilda yakunlangan. Mir Arab madrasasi Ubaydullaxon hukmronligi davrida, 1535-1536 yillarda qad koʻtargan. Masjid ancha katta boʻlib, 111 ta hujra va 2 zalni oʻz ichiga olgan.

Asosiy mavzular