12:25 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Samolet v nebe. Arxivnoye foto

Yanada yaqinroq: Oʻzbekiston va Xitoyni ilk charter reysi bogʻlaydi

Turizm
Havola olish
136 0 0

Parvoz umumiy 173 kishini oʻzida sigʻdira oluvchi Airbus A320neo samolyotida amalga oshiriladi. Reysning birinchi yoʻlovchisi mazkur aviakompaniya rahbari Lyu I boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 26 sen – Sputnik. Xitoyning “Sian-Toshkent-Sian” yoʻnalishi boʻylab parvozni amalga oshiruvchi “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.” aviakompaniyasining ilk charter reysi 27 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻnadi. 

Parvoz umumiy 173 kishini oʻzida sigʻdira oluvchi Airbus A320neo samolyotida amalga oshiriladi.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabarida qayd etilishicha, “Sian-Toshkent-Sian” charter reysi Oʻzbekistonga kelayotgan xitoylik sayyohlar sonini oshirish maqsadida Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasi hamda “Zhejang Loong Airlines Co.Ltd.” kompaniyasi tomonidan birgalikda olib borilgan saʼy-harakatlar natijasidir.

Maʼlum qilinishicha, “Sian-Toshkent-Sian” charter reys parvozlari kelgusida muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus maʼmuriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakat xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan koʻp boʻlmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilangan.

Asosiy mavzular