09:13 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Sarmishsoy darasi qoyatosh suratlari yoʻqolib bormoqda - olimlar xavotirda

J. Krolikowski / Institute of Archaeology of the University of Warsaw
Turizm
Havola olish
21610

Mazkur dam olish maskani rahbari soʻzlariga qaraganda, xarob ahvolga kelib qolgan tarixiy yodgorlikni hozirda hech kim himoya ham, muhofaza ham qilmaydi. Ayrim noyob qoyatosh suratlari talon-taroj qilingan.

TOSHKENT, 10 okt – Sputnik. Navoiy viloyati hududidagi Sarmishsoy darasidagi qoyatosh rasmlarning yoʻqolish xavfi hozirda ayniqsa yuksak, deb xabar beradi OʻzAA.

"Sarmishsoy Navoiy" dam olish maskani direktori Nafisa Vohidovaning nashrga bergan xabariga koʻra, daraning oʻzi ham uning yon-atrofi ham oʻta ayanchli holatda.

“Sarmishsoy darasi va uning atroflaridagi soylardan 10 000 dan ortiq qoyatosh cypatlapi aniqlangan va bu petrogliflar oʻzida 35 mavzudagi obraz va syujetlarni aks ettiradi. 7- 9 ming yillik tarixga ega bu qoyatoshlar yurtimizdagi yagona pichoqkesar qoyatosh hisoblanadi”, - deydi u.

Yaqinda dunyodagi eng qimmat dori-darmonlarga qoʻshiladigan va valyutaga xorijdan xarid qilinadigan dorilar tarkibida muhim oʻrin tutuvchi, “Qizil kitob”ga kiritilgan oʻsimlik ham aynan shu hududda oʻsishi aniqlandi.

Bebaho yodgorliklar yoʻqolish xavfi ostida. Ayrim qoyatosh suratlar oʻgʻirlab ketilgan. Bu yil ayniqsa yogʻingarchilikka moʻl boʻldi, natijada, suratlar suv ostida qolib, sinib tushgan. Afsuski, hozirda yodgorlikni hech kim himoya ham, muhofaza ham qilmaydi. Bu yerga kelayotgan mahalliy aholidan tashqari kelayotgan mehmonlar ham qoyalarga istagancha munosabat koʻrsatib, zarar yetkazayotganligi kuzatilmoqda. 

Asosiy mavzular