05:05 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Turizm
Havola olish
105 0 0

Oʻzbekiston musulmon ayollari sayohat qilishi uchun eng yaxshi boʻlgan mamlakatlar reytingining birinchi oʻntaligiga kirdi.

TOSHKENT, 23 okt – Sputnik.  Oʻzbekiston musulmon ayollari sayohat qilishi uchun eng yaxshi boʻlgan mamlakatlar reytingiga kirdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi.

“Mastercard” toʻlov tizimi va “CrescentRating” agentligi tomonidan eʼlon qilingan hisobotga koʻra, Oʻzbekiston musulmon ayol sayyohlar uchun eng qulay mamlakatlar reytingida 8 oʻrinni egallagan. Reyting tuzishda mamlakatdagi xavfsizlik darajasi, diniy ibodatlar va  islomiy liboslarga boʻlgan bagʻrikenglik darajasi hisobga olingan, - deyilgan xabarda.

“Muslim Women in Travel 2019” hisoboti musulmon ayollar sayohatiga oid jahon miqyosidagi ilk tadqiqot boʻlib, unda asosan Janubiy-Sharqiy Osiyo mamalakatlaridan 3300 nafar musulmon ayol ishtirok etgan. Musulmon ayollar sayohati jahon turizm bozorida eng tezkor rivojlanayotgan segmentlardan hisoblanadi. Musulmon oʻlkalardagi ayollarning daromadlari oshib borayotgani va ularning taʼlim darajasi yuqorilayotganligi ularni sayohatga chiqishga undamoqda.

2019 yilning 17 oktyabr kuni Singapurda oʻtkazilagan “Halal in Travel Asia” sammiti doirasida eʼlon qilingan hisobotga muvofiq, Oʻzbekiston Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʼzo mamlakatlar orasida xavfsizlik va diniy bagʻrikenglik boʻyicha yuqori 10talikka kirgan edi.

Ushbu reytingning yuqori qatorlarida, shuningdek, Qatar, Ummon, Bruney, Turkiya, BAA, Kuvayt va Maldiv kabi davlatlar egallagan. Oʻzbekiston ushbu roʻyxatning sakkizinchi oʻrnidan joy olgan boʻlsa, Indoneziya va Malayziya undan keyingi oʻrinlarda kelgan.

Asosiy mavzular