13:36 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Xalqaro ziyorat turizmi 2019

Oʻzbekistonda xalqaro ziyorat festivali boʻlib oʻtdi

© Xalq soʻzi
Turizm
Havola olish
176 0 0

Umumjahon Soʻfiylar tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro festival doirasida Oʻzbekistonga 18 ta davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQShdan 200 ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Malayziyaning "Umumjahon Soʻfiylar tashkiloti" tashabbusi bilan joriy yil 31 oktyabr -7 noyabr kunlari Oʻzbekistonda ziyorat turizmi yoʻnalishida “Naqshbandiy turizm festivali-2019” (Naqsybandi Tourism Festival 2019) boʻlib oʻtdi.   

Oʻzbekiston soʻnggi yillarda hududlarni jadal rivojlantirish, aholi daromadlari va turmush darajasini oshirish hamda istiqbolda investitsion jozibadorlikni yaxshilash maqsadida ziyorat turizmi tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Mazkur xalqaro festival doirasida Oʻzbekistonga 18 ta davlat, jumladan, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Avstraliya, Braziliya va AQShdan 200 ga yaqin mehmonlar tashrif buyurdi.

Ziyorat dasturi doirasida mehmonlar Buxoro shahrida"Yetti pir" nomi bilan mashhur boʻlgan Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoʻja Orif Revgariy, Xoʻja Mahmud Anjir Fagʻnaviy, Muhammad Bahouddin Naqshbandiy, Xoʻja Boboi Samosiy, Xoʻja Ali Romitaniy, Abul Hafs Kabir hamda Sayyid Amir Kulol ziyoratgohlarini, Mir Arab Oliy madrasasini ziyorat qilishdi.

Naqshbandiy turizm festivali. Buxoro. 2019
Naqshbandiy turizm festivali. Buxoro. 2019

Soʻngra ziyoratchilar Samarqand shahrida Imom Buxoriy majmuasi, Xoʻja Ubaydulloh Ahror xamda Shohi Zinda majmualarida boʻlishdi. Shuningdek Qarshi va Termiz shaharlariga ham tashrif uyushtirilib, u yerlarda Abul Muin Nasafiy, imom At-Termiziy, Hakim Termiziy kabi allomalar maskanlariga ziyorat amalga oshirildi. Bulardan soʻng mehmonlar Toshkentda Hazrati Imom kompleksi va Oʻzbekiston musulmonlar idorasida boʻlishdi.

Malayziya muftiysi Oʻzbekistonning ziyorat turizmi boʻyicha elchisiga aylandi

Xalqaro ziyorat yakunida tashrif buyurganlar Oʻzbekistonda ilk bor chop etilayotgan "Hilol-nashr" matbaa-nashriyoti faoliyati bilan tanishib, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid majmuasida boʻldilar.

Asosiy mavzular