00:02 23 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Oʻzbek nonushtasi 2

Oʻzbek nonushtasi Xalqaro kulinariya chempionatida gʻolib boʻldi

© NUz
Turizm
Havola olish
235 0 0

Milliy etno-nonushta shartida Jazoir, Mugʻuliston, Ruminiya, Qozogʻiston, Hindiston va Oʻzbekistonning mohir oshpazlari bellashdi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtayotgan “Lazzatli Oʻzbekiston-2019”  xalqaro kulinar chempionatining ilk gʻoliblari aniqlanib kelinyapti. 

Dastlabki tur natijalariga koʻra, goʻsht, baliq mahsulotlaridan taom tayyorlash, karving va etno-nonushta yoʻnalishi boʻyicha ilk musobaqalar gʻoliblari aniqlandi. Milliy etno-nonushta sharti boʻyicha  Jazoir, Mugʻuliston, Ruminiya, Qozogʻiston, Hindiston, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistondan kelgan mohir oshpazlar bellashdi. Mazkur shartda tayyorlangan 7 turdagi nonushta taʼmlar uygʻunligidan tashqari,  taomlar xilma-xilligi, taqdim etishdagi kreativlik, tozalik kabi mezonlar asosida xorijiy hakamlar tomonidan baholandi. Har bir nonushtada turli taomlar, issiq choy,  shirinliklar, quruq mevalar taqdim etildi.

Jazoir nonushtasi xurmodan tayyorlangan turli shirinliklar va dukkakli donlardan tayyorlangan boʻtqa hamda qahva bilan oltin suvi yuritilgan milliy naqshdagi chinni idishlarda tortilgan boʻlsa, ruminiyaliklar turli xil meva va murabbolar, quritilgan qoʻzichoq goʻshtidan tayyorlangan kolbasalar, loviya va baqlajondan tayyorlangan ikra, mahalliy uch turdagi pishloq, tariqdan tayyorlangan boʻtqa bilan milliy kashtalar tushirilgan qizil dasturxonni bezashdi. 

Hind, qozoq va moʻgʻul nonushtalari ham hayʼat aʼzolari tomonidan alohida qayd etildi.

Qoraqalpogʻistonning hududiy nonushtasida qurut, jiyda, dudlangan baliq, quritilgan mevalar, bugʻdoy unidan tayyorlangan va sutga qoʻshib isteʼmol qilish mumkin boʻlgan “aqsallak” taqdim etildi.

pobediteli kulinarnogo chempionata
"Lazzatli Oʻzbekiston-2019". Etno-nonushta sharti gʻoliblari.

Oʻzbek nonushtasida xoʻl va quruq  mevalar, issiq qat-qat somsa, varaqi, qush tili, murabbolar, issiq non, qaymoq, novvot, goʻshtli oʻramalar milliy sopol idishlarda, atlas hoshiyali dasturxon ustiga qaynoq koʻk choy bilan tortildi.

Oʻzbek milliy nonushtasida sutli, goʻshtli mahsulotlar, hatto vegetarianlar uchun ham tanovul qilish uchun yeguliklar talay ekanligi hamda taomlarning issiq tortilganligi xorijlik hakamlar tarafidan alohida eʼtirof etildi.

Musobaqa natijasiga koʻra, rumin va hind nonushtasi uchinchi, qozoq va aljir nonushtasi ikkinchi, oʻzbek nonushtasi birinchi oʻrinni egalladi.

Asosiy mavzular