02:06 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Yuriy Stoyanov

Men barchadan Oʻzbekistonni sevishni talab qilaman – Yuriy Stoyanov

Sputnik
Turizm
Havola olish
81010

Reklamada koʻpincha yolgʻonni uchratish mumkin, lekin Oʻzbekiston brendida bunday emas. Unda faqat ishonch va muhabbat bor”, - dedi artist.

TOSHKENT, 15 noya - Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro turizm yarmarkasida soʻzga chiqqan rossiyalik artist Yuriy Stoyanov Oʻzbekistonni qanday yazshi koʻrib qolganini aytib berdi, OʻzAga asosan.

“Barchani, Ikkinchi jahon urushi vaqtida mening onamni va yana millionlab kishilar hayotini saqlab qolgan Oʻzbekistonni sevishga chaqiraman, - dedi Stoyanov. – Onam bir necha yil Oʻzbekistonda yashagan va u menga oʻzbek xalqi, uning mehmondoʻstligi va bagʻrikengligi haqida iliq soʻzlar aytgan.”

Shundan soʻng aktyor barchani Oʻzbekistonga tashrif buyurish va bu yerda mazali mevalardan tatib koʻrish, tabiatni kuzatish hamdq oʻzbek halqining mehmondoʻstligidan bahramand boʻlishga chaqirdi.

“Reklamada koʻpincha aldov boʻladi, lekin  Oʻzbekiston brendida unday emas. Unda faqat muhabbat va ishonch bor. Men koʻp marta Oʻzbekistonda boʻlganman. Ushbu mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari haqida koʻp narsalarni bilib olganman. Oʻzbekiston yakka turistlar uchun ham xavfsizdir. Bu yerda istalgan shaharda kun yoki tunning istalgan vaqtida koʻchalarda sayr qilib yurish mumkin”, - dedi artist.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning mart oyida Rossiya xalq artisti Yuriy Stoyanov Oʻzbekiston brendining Rossiyadagi turizm elchisi etib saylangan edi.

Asosiy mavzular