06:52 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Turizm
Havola olish
94750

Qoraqalpogʻiston sahrosi turistlarni nima bilan hayratga sola oladi? Bu haqda muxbirimiz maqolasida oʻqing.

Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa tumanida turizm faol rivojlantirilmoqda. Yaqin yillargacha bu hududga turistlar oqimi koʻrsatkichi past edi. Ammo infratuzilma yaxshilanib, chet ellik hamda respublikadan keladigan mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi 2ta mehmonxona, Aqchakoʻl boʻyicha turistik xizmatlar koʻrsatish majmuasi tashkil etilgach, vaziyat ham oʻzgara boshladi.

Turistlar boradigan joylar - bu mudofaa ahamiyatiga ega boʻlgan tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardir.

Xususan, 2019 yil davomida bu tarixiy obʼyektlarni koʻrish uchun qadamranjida qilgan sayyohlar hajmi 50 mingdan oshgan. Ular asosan, Tuproqqalʼa, Ayozqalʼa, Katta Guldursunqalʼa tarixiy obidalariga tashrif uyushtirganlar.

Aynan mana shu tarixiy obʼyektlar - qalʼalar - Ellikqalʼaning asosiy turistik yoʻnalishlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri shu kunlarda Qoraqalpogʻistonda ishtirok etgan "Ellikqalʼa – turizm markazi" xalqaro ilmiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy konferentsiya Ellikqalʼa turistik salohiyati namoyish etildi.

Qoraqalpogʻiston sahrosi turistlarni nimasi bilan oʻziga rom aylashi mumkinligi haqida muxbirimiz maqolasida oʻqing.

Oʻzgarishlar davri

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning turizmni jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi Farmoni eʼlon qilingan kundan boshlab, Qoraqalpogʻistonning ushbu hududida ham jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirila boshladi. 2016 yildan buyon Ellikqalʼa tumaniga 7 million 820 ming AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar jalb qilingan.

Bu mablagʻlar tufayli koʻplab korxonalar (gidroponika korxonasi, turistik kompleks, chorvachilik fermer xoʻjaligi, momiq sochiqlar ishlab chiqaruvchi korxona va koʻplab boshqa ishlab-chiqarishlar) barpo etildi va biznesni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratildi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Pryaja i shelkopryad, Karakalpakstan, Ellikkala

Xususan, Ellikqalʼada yagona klaster hisoblangan paxta tozalash korxonasi, ip-kalava va jinsi mato ishlab chiqaruvchi qiymati 72,5 milliard 235 million soʻm boʻlgan korxona shular jumlasidan.

Yashirinib yotgan goʻzallik

Turizm sohasiga koʻrsatilayotgan katta eʼtiborga qaramay, bugun Ellikqalʼa oʻz turistik salohiyatini borligicha namoyon eta olgan, deb hisoblab boʻlmaydi. Qoq choʻlning oʻrtasida marvariddek tovlanib turgan Aqchakoʻl yuzlab turistlarning hayratini keltirib, koʻzini quvontirsada, ammo plyaj turizmi hali yoʻlga qoʻyilmagan.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Akchakul, Karakalpakstan

 

2020 yil davomida koʻl sohilida investitsiya dasturi doirasida qiymati 2 million AQSH dollarlik zamonaviy turistik xizmatlar koʻrsatish loyihasi, choʻmilish plyaji, amfiteatr, tematik park, yoshlar dam olish maskani hamda mehmonxona tashkil etish rejalashtirilgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari turistlar qiziqishiga sabab boʻlayotgan tarixiy obʼyektlar boʻyicha izlanishlarni yoʻlga qoʻymoqchi. Xususan, "Hamkor stimul servis" innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi rahbari, professor Shohida Sultonovaning aytishicha, oʻtgan 2019 yilning sentyabrida Ellikqalʼa hududidagi qalʼalar qaytadan roʻyxatga olingan.

"Bugungi kunda koʻp qalʼalarimiz saqlanib qolmagan, nurab ketgan, achinarli bir holatlarda qolgan. Lekin roʻyxatga olganlarimiz - 50 ta qalʼa - bu bugungi kunda xalqaro turizm marshrutiga kiritishga loyiq boʻlgan qalʼalardir. Arxeologik yodgorliklarning ahamiyatini hamda holatini saqlagan holda ularni restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirmoqchimiz. Qolaversa, hududning turistik salohiyati hali toʻliq namoyon boʻlmagan. Koʻp joyda unutilib ketgan milliy hunarmandchilik anʼanalari, urf-odatlar aynan shu yerda - Qoraqalpogʻistonda saqlanib qolgan. Mana shularni biz butun dunyoga koʻrsatishni istaymiz", - deydi u.

Darvoqe, tadbirda ishtirok etgan xitoylik investor Robert Li Aqchakoʻlga investitsiya kiritishga qiziqib qoldi. Ellikqalʼadagi turistik obʼyektlarga ekskursiya vaqtida koʻlni tomosha qilgan  investor: "Agar, Qoraqalpogʻistonda shunday bir koʻl bor, deyishsa, hech qachon ishonmagan boʻlardim! Issiq-koʻlga borishga ne hojat, shunday boylik turganda", - dedi hayratini yashirolmay.

Infratuzilma

Tuman infratuzilmasi haqida gapiradigan boʻlsak, u oʻta qulay, deyish mumkin. Xalqaro A380 magistral Buyuk Ipak Yoʻli Ellikqalʼa tumani hududidan oʻtgan. Urganch xalqaro aeroporti ham bu hududdan taxminan 50 kilometr masofada joylashgani turistlar uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Ufqni koʻrishga oshiq sayyohlar

"Hamkor stimul servis" innovatsion loyihalar ilmiy-tadqiqot markazi rahbari Shohida Sultonova dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlar Oʻzbekistonda katta daromad keltiradigan manbalar koʻp ekanligini eʼtirof etishlarini aytadi.

© Sputnik / Dilbar Karimberdiyeva
Yurtы, Karakalpakstan

"Turistlardan koʻpincha Ellikqalʼada judayam koʻp qalʼalar bor ekan, nima sababdan bu yerda turizm bazasini yaratmagansiz? Juda boy tarixga egasizlar, qancha olis boʻlmasin, biz oʻzga tabiat, atrof-muhitning rang-barangligi, ayniqsa, quyosh chiqishi va botishini, oy va yulduzlarni sahroda turib tomosha qilishni istaymiz. Yevropa davlatlarida zamonaviy binolarning ichida qamalib qolganmiz, lekin sizlarning davlatingizga kelib, xuddi ertakka kirib qolgandek boʻlamiz, deyishadi", - deydi Sultonova.

Darhaqiqat, Ellikqalʼa Yer yuzidagi eng gʻaroyib va goʻzal hududlardan biri. Hali inson qoʻli tegmagan - bokira goʻzallikni shu yerda tomosha qilish mumkin.

Asosiy mavzular