05:31 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Turizm
Havola olish
349 0 0

Mamlakatda turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5 yilda 3 milliard dollargacha oshiriladi.

TOSHKENT, 28 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston 2025 yilda sayyohlar sonini 12 millionga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev turizmni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish masalalari boʻyicha oʻtkazgan yigʻilishida maʼlum qilindi.

Prezident matbuot xizmati xabariga koʻra, oʻtgan yili mamlakatga 6,7 million nafar sayyoh kelgan.

“Joriy yilda xorijdan keladigan sayyohlar sonini 7,5 millionga, 2022 yilda 10 millionga va 2025 yilda 12 millionga yetkazish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm xizmatlari eksporti joriy yilda 1,5 milliard dollar, keyingi 5 yilda 3 milliard dollargacha oshiriladi” – deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, joriy yilda 1 ming 700 taga, kelgusi 5 yilda 3 mingtagacha koʻpaytirish kerak. Oilaviy mehmon uylarini ham 2 mingtaga yetkazish zarur. Bular orqali turizm sohasida yiliga kamida 30 mingta yangi ish oʻrni yaratish maqsad qilingan.

Yigʻilishda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Madaniyat vazirligiga turizm marshrutiga kiritilgan obʼyektlar sonini joriy yilda 800 taga, 2025 yilda esa 2,5 mingtaga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

Qishki turizmni rivojlantirish boʻyicha 2020-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqib, amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Taʼkidlanishicha, mamlakat samolyot va poyezdlarida xizmat koʻrsatish sifati pastligi, chiptalar narxi esa qimmatligi yoʻlovchilarning asosli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda. Oqibatda koʻpchilik xorijiy tashuvchilar xizmatini tanlamoqda. Temir yoʻl va avia yoʻnalishlarimiz keng qamrovli va raqobatbardosh emasligi koʻrsatib oʻtildi.

Mirziyoyev Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga Oʻzbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan toʻliq foydalanish, yangi avia yoʻnalishlar ochish, tezyurar poyezdlar sonini koʻpaytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Asosiy mavzular