03:11 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Turizm
Havola olish
51810

Avtomatlarda 1,3 va 5 gramm miqdorida boʻlgan oltin va kumush yombilarni sotib olish mumkin. 2020 yil 1 iyulgacha respublikada kamida 10 ta savdo apparatlari paydo boʻladi.

TOSHKENT, 10 fev – Sputnik. Shu yozda Oʻzbekistonda oltin va kumush yombilarini savdo vending avtomatlari paydo boʻlishi mumkin.

Odatda bunday avtomatlar diqqatga sazovor joylar yonida oʻrnatiladi.

Oʻzbekiston hukumati turistik obʼyektlar yaqinida bunday savdo apparatlarini oʻrnatish koʻzda tutmoqda.

Avtomatlarda sayyohlar 1,3 va 5 gramm miqdorida boʻlgan oltin va kumush yombilarni sotib olishi mumkinligi koʻzda tutilmoqda.

Bu Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan Oʻzbekistonda turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilish chora-tadbirlariga doir hukumat qarori loyihasida qayd etilgan.

Taʼkidlanishicha, kamida 10 ta avtomat oʻrnatish rejalashtirilgan:

2020 yil 1 iyulgacha – Toshkent, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm viloyatlarida;

2021 yil 1 yanvargacha  - respublikaning boshqa hududlarida.

Asosiy mavzular