04:21 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Turizm
Havola olish
152711

Avvalroq Varlamov Samarqandga tashrif buyurib, fotohisobot eʼlon qilgan edi. Unda shaharda duch kelgan koʻplab kamchiliklar borasida tanqidiy fikr bildirgan edi.

TOSHKENT, 23 fev — Sputnik. Yaqinda Samarqandga tashrif buyurib, uning sayyohlik infratuzilamasidan qoniqmagan taniqli rossiyalik bloger urbanist Ilya Varlamov shahar aholisidan uzr soʻradi.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov
Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem "JJ" bloger Ilya Varlamov

Varlamovning soʻzlariga koʻra, “Jivoy jurnal”da uning Samarqandga sayohati haqida maqola nashr etilishidan bir kun oʻtib, shaharda “ish qaynab ketgan”. Amaldorlar bloger kezgan joylarda boʻlib, u tanqid qilgan kamchiliklarni tuzatishgan.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov
Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem "JJ" bloger Ilya Varlamov

Shaharning obodonlashtirish boshqarmasi rahbari Otabek Abdullayev  Facebook᾽dagi sahifasida Varlamov maqolasida koʻrsatilgan obodonlashtirish ishlariga oid kamchiliklar bartaraf etilayotganini maʼlum qildi va oʻquvchilarga fotohisobotni taqdim etdi. Shuningdek, u shahar mutasaddilari kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishlarini taʼkidladi.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov
Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem "JJ" bloger Ilya Varlamov

“Bir tarafdan, bu juda ajoyib. Tanqidga yaxshi va toʻgʻri munosabat. Boshqa tarafdan, shahar boʻylab juda yuzaki sayr qilganimdan xijolatdaman. Agar oʻzbek amaldorlari kamchiliklarini shunchalik tezkor isloh qila olishlarini bilganimda, tomoshaga jiddiyroq yondoshgan boʻlardim. Umuman olganda, bu mendagi kamchilik. Uzr soʻrayman”, - deya yozgan Ilya Varlamov.

Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem JJ bloger Ilya Varlamov
Chinovniki Samarkanda ispravili nedostatki, o kotorыx napisal v svoyem "JJ" bloger Ilya Varlamov

Shuningdek, u Oʻzbekistonga albatta yana qaytishiga ishontirgan. U Toshkentni koʻrish ishtiyoqida.

Asosiy mavzular