18:13 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Turizm
Havola olish
68611

Bir necha oy ichida Toshkent Samarqand va Buxoroga olib boradigan yoʻlning oʻtish markazidan toʻla-toʻkis sayyohlik shahriga aylanishi mumkin, bu yerda nafaqat mehmonlar, balki ekspatlar ham oʻzlariga biror mashgʻulot topishlari mumkin.

TOSHKENT, 4 mar - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtida mahalliy kolorit va Yevropa tendentsiyalarini oʻzida mujassam etgan betakror burchak paydo boʻlishi mumkin. OSOKINS Project Delivery boshqaruvchi hamkori Roman Osokin Sputnik Oʻzbekistonga bergan intervyusida Toshkentda "gastronomik koʻcha" yaratish haqida, bunga namuna sifatida nima xizmat qilgani va loyihaning iqtisodiyoti haqida soʻz yuritdi.

Omillar

Chet ellik sayyohlar uchun tranzit bekati boʻlib qolgan holda, Toshkent tarixiy obidalar boʻyicha turistik markaz sifatida Samarqand, Buxoro va Xiva bilan raqobatlasha olmaydi. Mehmonning poytaxtda qolishi uchun, shahar chet elliklarga yangi sayyohlik mahsulotlarini taklif qilishi kerak. Ulardan biri gastronomik turizm boʻlishi mumkin, deydi Roman Osokin.

Roman Osokin
Roman Osokin

Yana bir muhim jihat, deya qoʻshimcha qildi u, mahalliy atmosferaga shoʻngʻish. Buning uchun shaharning oʻziga xos takrorlanmas maydonlari, piyodalar uchun qulay muhit, bir joyda oʻzida hordiq chiqarish uchun turli xil shakllar va boshqa mehmonlar va shahar aholisi bilan aloqa qilish imkoniyati mavjud boʻlishi kerak.

"Oʻzbekistonda" tashkillashtirilgan "avtobus" sayyohligi muhim oʻringa ega boʻlishiga qaramasdan, mamlakatga borgan sari koʻproq odamlar mustaqil ravishda tashrif buyurmoqdalar. Yoshlarga yoki xizmat safariga kelganlar uchun Toshkentda vaqt oʻtkazishning Toshkentda yangi shakllariga ehtiyoj sezilmoqda. Shahar sayohat va gastronomik mikro-klasterlari mustaqil sayyohlarni jalb qiladi", - dedi mutaxassis.

Bundan tashqari, Osokin taʼkidlashicha, dunyo boʻylab sayohat qilayotgan oʻzbekistonliklarning koʻplari oʻz vatanlarida yahshi maʼnoda shovqinli koʻchada engil gazak va bir stakan sharob bilan oʻtirishlari mumkin boʻlgan joylarni topa olmaydilar. Chet elda yurish masofasida kafe va restoranlarni tanlash imkoniyati yoʻq. Shunday qilib, "mazali kvartal" nafaqat mehmonlar, balki Toshkent aholisi va chet elliklarning diqqatini tortadigan joy boʻladi.

Roman Osokin
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Roman Osokin

Bunday boʻshliqlarga talab mavjud, demak, yaqin orada Oʻzbekiston poytaxtida bir nechta shunga oʻxshash gastronomik vohalar paydo boʻlishi mumkin.

Joyni tanlash

"Men oʻzimni Toshkent boʻyicha mutaxassis deb hisoblamayman, ammo men koʻrib turganimdek, Zavodskaya koʻchasi, hozirgi Abdulla Kahhor koʻchasini shovqinli va mazali kvartalga aylanish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Eng muhimi – bu koʻchada allaqachon juda gavjum va totli kafe va restoranlar mavjud. Bu yerda shaharda mashhur kruasan tayyorlanadigan zamonaviy kafe, haqiqiy gruzin hovlisi va eng qimmat oʻzbek restoranlaridan biriga qoʻshni oddiygina choyxona. "Ertalabda kofe, kechki payt sharob" gʻoyasini qoʻlloʻvchi va hamisha boʻsh qaxvahonalar ham mavjud. Bu shunga oʻhshash kvartal uchun juda mos keladi", - dedi Osokin.

"Zavodskayadagi" mazali kvartal "oʻrta+" narx segmenti uchun moʻljallangan. Xaridorlarning yoshiga ham shunday yondashuv. Mualliflarning fikriga koʻra, ushbu joyning "butiklik jihati"ni, uning eksklyuziv atmosferasini saqlab qolish uchun maʼlum narxlar oraligʻini saqlash kerak. Shunday usul Moskvadagi Patriarshi koʻllari atrofidagi hududda, Malaya Bronnaya koʻchasida qoʻllandi, endu u juda shovqinli boʻlishdan toʻxtab, ammo Rossiya poytaxtining eng "tusovka" koʻchasi boʻlib qoldi.

Loyihaning "Mazali kvartal" nomini - Roman Osokin mahalliy turizm gurusi Mixail Shamshidov bilan oʻylab topdi.

Mutaxassisning fikriga koʻra, ushbu maydonning afzalligi shundaki, obodonlashtirish uchun hech qanday investitsiya yoki katta sarmoya kerak emas va shu bilan birga shahar maʼmuriyati bilan muvofiqlashtirish keraksiz. Buning uchun talab qilinadigan narsa faqatgina shu makonni "dasturlash" va kelajakda ushbu xududning tanlangan kontseptsiyasi va falsafasiga amal qilishdir.

"Biz soʻrashimiz mumkin boʻlgan yagona va qiyin masala bu koʻchani bir tomonlama qilishdir. Hozirda u transport vositalari bilan toʻldir. Biz hozircha uni piyodalar uchun toʻliq ochish haqida gapirmayapmiz, lekin yoʻlning bir chiziqqacha qisqartirilishi restoranlarga stoliklar joylashtirish uchun boʻsh joydan foydalanishga imkon beradi", - deya tushuntiradi Osokin.

Ulitsa Zavodskaya v Tashkente
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Ulitsa Zavodskaya v Tashkente

Kelajakda bu koʻcha mehmonlar va fuqarolarning oʻzlari orasida mashhur boʻlib qolsa, bu yerda faqat piyodalar uchun hududni ochish haqida oʻylash mumkinligini istisno qilmadi.

Osokin millionlab sayyohlarga yaxshi tanish Lissabondagi Dokash tumanini shaharlarning bu kabi muvaffaqiyatli va dunyoga mashhur namunalari sifatida keltirdi. Biroq, uning oʻzi San-Frantsiskoning North Beach gastronomik kvartali va boshqa kichikroq koʻlamli loyihalar tajribasiga eʼtiborini qaratmoqda. Bundan tashqari, ekspert bu atrofdagi muassasalarga avtoturargohlar taqdim qilishda mahalliy hokimiyat idoralarining Amerika tajribasini qabul qilishini foydali deb biladi.

"Bu nafaqat koʻchani sayyohlar uchun yanada jozibali qiladi, balki kichik biznesning rivojlanishiga ham yordam beradi", - dedi Osokin.

Loyihaning qamrov doirasi

Kelgusida Toshkentning oʻzidan tashqari boshqa mintaqalarda ham turistik klasterlar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun mutaxassislar har hil turdagi boʻsh vaqtni oʻtkazish turlarini "oʻsish nuqtalarini" koʻrib chiqmoqdalar. Ekologik-vino-gastronomik turizm markaziga aylanishi mumkin boʻlgan Parkent diqqatga sazovor joylardan biridir.

"Hozircha biz faqat Toshkent shahrini, asosan shahar markazini koʻrib chiqmoqdamiz. Agar "Vkusnыy kvartal" (Mazali kvartal) loyihasi muvaffaqiyatli boʻlsa, bizning ekspertlar guruhimiz mintaqalarda ham ishlashdan mamnun boʻladi. Men bilishimcha, masalan, tarixiy Samarqand shahrida kechki soat 5-6 dan keyin deyarli hamma uyquga ketadi. Turistga uyquga ketishdan oldin qiladigan ishi yoʻq. Bizning gʻoyamiz shu-ki, muvaffaqiyatli loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirish", - taʼkidlaydi Osokin.

Uning hisob-kitoblariga koʻra, gastronomik kvaartalning ishga tushirilishiga bir necha oy ketadi. Agar ish hozir boshlansa, unda sentyabrgacha Toshkentda yangi sayyohlik zonasi paydo boʻladi – gavjum Yevropa uslubida, ammo mahalliy rang-baranglikdagi koʻchalar.

Ushbu loyiha ilgari ushbu hududda joylashgan bir nechta restoran egalari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Endi tashabbuskor guruh poytaxt hokimiyatiga rasmiy biznes-rejani tayyorlamoqda.

Asosiy mavzular