07:17 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Turizm
Havola olish
143 0 0

Rosturizm, koronavirus tufayli sayyohlar oqimini mamlakat ichidagi tomoshagoh joylarga yoʻnaltirishga umid qilmoqda.

TOSHKENT, 12 mar - Sputnik. Rossiya turizm sohasi koronavirus bilan bogʻliq salbiy vaziyatni imkon qadar kamroq zarar bilan yakunlaydi, deydi Rosturizm federal agentligi rahbari Zarina Doguzova.

Doguzova aytishiga qaraganda, shu kunlarda turizm, iqtisodning barcha sohalari kabi, oldin yuz bermagan vaziyatga duch kelgan.  

“Ushbu vaziyatdan birinchi navbatda turizm sohasi zarar koʻrishi turgan gap. Bu biz uchun ham chaqiriqdir. Biz turoperatorlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyormiz. Bugun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Men dunyo va Rossiya koronavirus ustidan gʻalaba qozonishiga ishonaman. Viruslar – kelib ketaveradi, turizm va sayohat qoladi. Men odamlar butun yana dunyo boʻylab erkin sayohat qilishni boshlashini intizorlik bilan kutmoqdaman”, - deydi Doguzova.

Rosturizm rahbarining soʻzlariga koʻra, Rossiyada 1 yanvardan elektron viza ishga tushgan. U butun dunyodan turistlarni ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz jalb qilish imkonini beradi. Koronavirus Rossiya turoperatorlari mahalliy sayyohlarga uchun oʻz mamlakatini qaytadan ochib berish imkonini  yaratadi, deydi Doguzova.

Asosiy mavzular